Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Klattenburg Benzemaning bekor qilingan goli haqida: "Xato, "Liverpul"ning omadi keldi. Adolat g'alaba qozondi"

Mark Klattenburg Karim Benzemaning CHempionlar Ligasi finalidagi goli xatolik sabab bekor qilindi deb hisoblamoqda.

.
- Yuklab olish

"Real" "Liverpul" (1:0)ni Vinisius Juniorning 59-daqiqadagi goli evaziga mag'lub etdi.

Benzema birinchi taym so'nggida gol urdi, ammo Kleman Tyurpen boshchiligidagi hakamlar brigadasi o'yindan tashqari holatda turgan forvardga to'p yarim himoyachi Fabinoning tizzasidan kelgan bo'lsa ham golni ofsayd sabab bekor qildi.

"Real" adolat g'alaba qozonganini his qilmoqda, sababi Karim Benzemaning birinchi taymda urgan goli bekor bo'ldi - bu xato.

Federiko Valverde to'pga birinchi bo'lib etib bordi, ammo to'pga so'nggi bo'lib Fabino tekkani yaqqol ko'rinib turgandi. VAR bu tasodif yoki rostdan ham atayin qilingan harakatmi, shuni hal qilishi kerak edi. Fabinoning to'pga etib borish uchun oldinga cho'zilganini hisobga olsa, men buni oldindan bilib qilingan harakat deb aytardim.

Ammo, VAR bunday emas deb qaror chiqardi. Balki ular maydondagi hakamning qarorini qo'llab-quvvatlashga qaror qilishgandir. "Liverpul"ning esa omadi keldi", - dedi sobiq futbol hakami.

BestMaster
30 May 2022, 18:30
klattenburg, benzemaning, bekor, qilingan, goli, haqida, xato, liverpulning, omadi, keldi, adolat, galaba, qozondi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads