Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  Evropa CHempionlar Ligasi. Finalgacha...

Bugun Evropa CHempionlar Ligasi finali bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Finalda Angliyaning "Liverpul" va Ispaniyaning "Real" jamoalari to'qnash kelishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi. Tabiiyki, ushbu bahs saytimiz tomonidan matnli translyaciya qilinadi va o'yingacha bo'lgan muhim xabarlar berib boriladi. 

YANGILASH

Final bahsi Parijning shimolidagi Sen-Denida joylashgan "Stad de Frens"da bo'lib o'tadi. Qurilishiga 285 million evro atrofida mablag' sarflangan stadion o'z bag'riga 81338 muxlisni sig'dira oladi. "Stad de Frans" 1998 yilgi JCH uchun maxsus qurilgan va unda musobaqaning final bahsini o'tkazish ishonib topshirilgan. Qayd etish kerakki, ushbu maydon Franciya terma jamoasidan tashqari Franciya regbi terma jamoasining ham uy stadioni hisoblanadi.

"Liverpul" va "Real" jamoalari stadionda mashg'ulot olib borishmoqda.

"Sevilya", "Real" va "Inter" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan Ivan Samorano bosh sovrinni o'pmoqda.

Toping-chi, bu qaysi "Real" o'yinchisining rafiqasi? (javob: bu "Real" xavbeki Federiko Valverdening rafiqasi Mino Bonino)

2015 yilning noyabr oyidagi teraktlar

2015 yilning 13 noyabr kuni Franciya - Germaniya o'yini paytida poytaxtdagi qator teraktlardan biri stadion yaqinida sodir bo'ldi va uni "Islom davlati" o'z zimmasiga oldi. Bahsning birinchi taymida qo'sh portlash sodir bo'ldi. Stadionda hech kim jabrlanmadi. "Stad de Frans" yonida kuchli portlashlar eshitildi, biroq o'yin to'xtatilmadi va oxirigacha o'tkazildi: Franciya Germaniyani 2:0 hisobida taslim etdi.

Bundan xabar topgan muxlislar maydonda to'planishmoqda.

"Liverpul" muxlislari Parijdagi mashhur Triumfal arka yonida suratga tushishmoqda.

Bu esa "Real" posboni Tibo Kurtuaning sevgilisi - Mishel Gercig.

"Liverpul" va "Real" sobiq o'yinchisi angliyalik Stiv Makmanaman ham shu erda.

Bu esa stadion oldidagi yirik ECHL finali to'pi.

Final oldidan festivalning 2-kuni, Hotel de Ville'da quyosh botish paytidagi umumiy ko'rinish.

Odamlar Victor Hugo Plage oldidagi CHempionlar Ligasining ulkan sovrini yonida.

Bu esa madridliklar himoyachisi Eder Militaoning sevgilisi Karolina Lima. "Real" o'yinchilarining rafiqalari va yoqtirgan qizlari ularning mashg'ulotlariga tashrif buyurishgan.

Toping-chi, bu kim?

Bugungi o'yin uchun Adidas tomonidan taqdim etilgan maxsus to'plar.

"Liverpul" muxlislari Parijdagi Gare Du Nord barida.

Sandra Garal - Marko Asensioning sevgilisi.

Qaynona va kelin. Mariann Barenna Maklay (Karlo Anchelottining rafiqasi) va Ana Galocha (Davide Anchelottining rafiqasi, ispan aktrisasi)

"Stad de Frans"ning bugungi ko'rinishi.

Bu esa "qirollik klubi" muxlislari.

"Liverpul" ishqibozlari ajoyib fonda o'z klublari bayrog'ini ilib qo'yishgan.

BestMaster
28 May 2022, 19:45
live , evropa, chempionlar, ligasi, finalgacha,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads