Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real" yana g'alaba qozondi. Benzema ikkita penaltidan gol ura olmadi

La Liganing 33-turidan o'rin olgan "Osasuna" - "Real" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Osasuna" – "Real Madrid" 1:3 "El-Sadar" o'yingohiGollar: 0:1 – 12 Alaba, 1:1 – 13 Budimir, 1:2 – 45 Asensio, 1:3 – 90 Vaskes.

"Osasuna" – Errera, Vidal, Aridane, David Garsiya, Xose Anxel (Barxa, 68), Ruben Garsiya (Sanches, 46), Brashanac (Roberto Torres, 80), Martines (Oyer Sanxurxo, 68), Monkayola, CHimi Avila (Barbero, 85), Budimir.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba (Karvaxal, 46), Militao, Nacho, Sebalos (Kroos, 71), Valverde, Kamavinga (Isko, 74), Vaskes, Benzema, Asensio, Rodrigo (Vinisius Junior, 90).

Ogohlantirishlar: Kamavinga (5), Brashanac (44), Militao (60), Nacho (62)

Osasuna

Ante Budimir - 13'

LaLiga . 33-tur

21/04/2022, 00:30

3 : 1 Tugadi

Real Madrid

David Alaba - 12', Marco Asensio - 45', Lucas Vazquez - 90'

Stadion: Estadio El Sadar, 21360 tomoshabin

Bosh hakam: Ricardo De Burgos

45' 90' 13'  Ante Budimir44'  Darko Brasanac46'  Ruben Garcia (Manuel Sanchez)68'  Jose Angel (Enrique Barja)68'  Javi Martinez (Oier)80'  Darko Brasanac (Roberto Torres)85'  Ezequiel Avila (Barbero)5'  Eduardo Camavinga12'  David Alaba45'  Marco Asensio46'  David Alaba (Daniel Carvajal)52'  Karim Benzema59'  Karim Benzema60'  Eder Militao62'  Nacho Fernandez71'  Daniel Ceballos (Toni Kroos)74'  Eduardo Camavinga (Isco)90'  Rodrygo (Vinicius Junior)90'  Lucas Vazquez90'  Vinicius Junior Match-senterda ochish

La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing!

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH

Bo'ldi, o'yin yakuniga etdi. "Real" ancha asabiy uchrashuvda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi. CHempionlikkacha 4 ochko qolmoqda.  

90+6-daqiqa. GOOOOOL! Benzema-Vinisius-Vaskes va hisob 3:1. 

90+4-daqiqa. Iskoning o'ta chiroyli uzatmasidan keyin Vinisius bir qarashda hammasini to'g'ri qildi, lekin to'p darvozaga borishni istamadi.   

90+3-daqiqa. Militao sal qolsa birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin bo'lgan hujumchiga imkon qoldirmadi.  

90+2-daqiqa. "Osasuna" futbolchilari penalti so'rashmoqda. Lekin takroriy lavhada ko'rindiki, to'p Nachoning tanaga yopishib turgan qo'liga tekkan. 

90-daqiqa. Bosh hakam o'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berdi.

90-daqiqa. O'zgarish! Rodrigo o'rniga Vinisius.

88-daqiqa. Iskoooo... bo'lmadi-ku disko. Qulay imkoniyatda foydalana olmadi ispaniyalik yarim himoyachi. 

Burchak zarbasidan keyin Iskoning zarbasi o'xshamay, uzatmaga aylanib ketdi, biroq Nacho to'pga eta olmadi. 

87-daqiqa. Asensioning zarbasidan keyin himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirgan to'p sal qolsa darvozadan joy olardi. Bunga posbon yo'l qo'ymadi. 

85-daqiqa. SHunaqa Benzemani avval ko'rganmisiz? Karim bazi vaziyatlarda sheriklari qulayroq vaziyatda bo'lsa ham to'pni oshirgisi kelmayapti. U bugun ham maydonni golsiz tark etgisi yo'q.  

82-daqiqa. Bo'ldi, nima bo'lsa ham o'yin davom etmoqda.

Tribunadan Kurtua tomon nimadir uloqtirishdi shekilli.

80-daqiqa. Hakam o'yinni to'xtatib, shoshmaslikni so'ramoqda. Har ikki murabbiy, bazi futbolchilarga nimanidir tushuntirib berdi. 

78-daqiqa. Yaqinda maydonga tushgan Isko hozirgi hujumning o'zida 3-4 nafar sherigiga to'pni oshirib, qayta qabul qilib oldi.

Hisob "Real" uchun qaltis, mezbonlar uchun esa umidlarga to'la bo'lgani uchun ham bizni kurashlarga, asab va janjallarga boy 15 daqiqalik kutib turibdi chog'i. 

75-daqiqa. Ante Budimir kutilmaganda jarima maydonchasiga to'p bilan yorib kirib ketgandi, Nacho so'nggi pallada xavfni bartaraf etdi. 

73-daqiqa. O'zgarish! Ancha sifatli o'yin o'tkazgan Eduardo Kamavinga o'rniga Isko Alarkon maydonga tushdi. 

Isko ham maydonga tushadigan ko'rinadi.

72-daqiqa. Lukas Vaskesga nisbatan fol qayd etildi. 

71-daqiqa. O'zgarish! Sebalosning o'rniga Kroos tushdi.  

70-daqiqa. Dani Sebalosning "tomiri tortib" qoldi shekilli, maydonda yotibdi.   

68-daqiqa. O'zgarish! Xose Anxel o'rniga Enrike Barja, Xaver Kalvo o'rniga esa Oyer o'yinga qo'shildi.

68-daqiqa. Edu Kamavinga zarba berib ko'rdi, lekin to'p ko'proq aylanib ketgani sabab nishonga aniq bormadi. 

66-daqiqa. Qanotdan oldinga intilayotganda Fede Valverde raqib yuziga urib yubordi.  

65-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.  

61-daqiqa. "Osasuna"ning umid uchqunlari hamon so'nmagan, jamoa qarshi hujumlar uchun imkoniyatlarini kutib yashamoqda. 

Bunaqasi kamdan-kam bo'ladi. Karim Benzemada esa "tem bolee". 

59-daqiqa. yana PENALTI! Yana Benzema... Karim to'pni yana o'zidan chap burchakka yo'lladi va kiper yana jamoasini qutqardi.    

56-daqiqa. Dani Sebalos jarima maydonchasi burchagida yiqilib tushdi. Hakam hech nima bo'lmadi dedi. Takroriy lavhani ko'rgan hamkasblari ham uning qarorini maqullashdi.   

55-daqiqa. Marko Asensio zarba bergunicha raqib futbolchilari to'pni undan olib qo'yishdi. 

52-daqiqa. YO'Q! Karim Benzema o'n bir metrlik nuqtadan gol ura olmayapti!

51-daqiqa. PENALTI! Yana Rodrigoning faolligidan keyin "Real" raqib darvozasiga xavf solmoqda. Bu safar Benzema uchun penalti.  

49-daqiqa. Ante Budimirning uzatmasi o'zi istagandek chiqmadi va Kurtua osonlik bilan to'pni egallab oldi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Va u Karvaxalning qoida buzishi bilan boshlandi.

O'zgarish! Ikkinchi bo'limga David Alaba qaytmadi. Uning o'rniga maydonga David Karvaxal tushirildi. 

Ushbu o'yin va umuman La Liga haqida qiziqarli malumotlar, futbolchi va murabbiylarning fikrlari, muhim o'yinlarga prevyular, foto hamda videomateriallarni telegram orqali kuzatib borishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo'lishni tavsiya qilamiz. Eng muhimi telegramning o'zida izoh qoldirib, boshqa muxlislar bilan fikr almashish imkoniyati mavjud.  

Bo'ldi, hakam shu pallada bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. 

45+1-daqiqa. David Alabaga tibbiy yordam ko'rsatishlari zarur. Futbolchi jamoadoshlari yordami bilangina o'rnida tura oldi.  

45-daqiqa. GOOOOOOOL! Marko Asensio yana "Real"ni oldinga olib chiqmoqda. Gol uchun mehmonlar Kamavingaga alohida rahmat aytib qo'yishlari zarur. 

44-daqiqa. Ogohlantirish! Ochiqchasiga fol ishlatgani uchun Darko Brashanacga kartochka ko'rsatildi.   

43-daqiqa. Dani Sebalosning zarbasi yana himoyachiga tegdi.   

42-daqiqa. To'pni yo'qotgani hamonoq pressingga kirishgan "Real" to'pni darhol olib qo'ydi. 

39-daqiqa. David Alaba uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, kiper o'z o'rnida. 

37-daqiqa. Kutilmaganda markaziy zonada paydo bo'lgan Asensio o'ng oyoqda zarba yo'lladi, lekin noaniq.  

35-daqiqa. Valverde jamoadoshi bilan "devor" uslubida o'ynab, zarba yo'lladi, lekin himoyachining oyog'iga tekkan to'pni darvozabon osonlik bilan egallab oldi.  

33-daqiqa. Bugun Vinisius emas Rodrigo chap qanotga tushgan va hozircha u ancha faol. 

32-daqiqa. GOOOOOOL! Biroq Ante Budimirning allambalo goli offsayd sabab inobatga olinmadi.  

31-daqiqa. "Real"ning hujumi uzoq davom etdi, ammo mehmonlar niyatiga eta olmadi. Anchadan buyon endi hujumga etib kelgan "Osasuna" bitta kelganda uch bor zarba berdi, lekin har safar to'p yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. Burchak zarbasi.  

27-daqiqa. CHimi Avila jarima maydonchasiga kirmay zarba yo'lladi, biroz noaniq. 

25-daqiqa. Rodrigoning ajoyib harakatlaridan keyin Benzemada yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo Karim cho'zib yubordi va oqibatda to'p yo'qotildi.

23-daqiqa. "Real" yana barchasini boshidan boshlayotgandek harakat qilmoqda. Xuddiki o'yin endi boshlandi. 

21-daqiqa. CHimi Aviladan ajoyib harakatlar, biroq u uzatgan to'pga sheriklari etib bora olishmadi. 

"Osasuna" hech ham tortinmayapti va imkon bo'ldi deguncha oldinga o'tmoqda.

BestMaster
21 Aprel 2022, 02:45
liga, real, yana, galaba, qozondi, benzema, ikkita, penaltidan, olmadi,

Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads