Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. Bugun "Real" safarda "Osasuna"ga qarshi maydonga tushadi

Ispaniya chempionati 33-turi doirasida "Osasuna" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Bahs Toshkent vaqti bilan 00:30da start oladi. "Real" chempionlik yo'lida navbatdagi qadamni tashlaydimi, Benzema yana gol uradimi yoki mezbonlar sensaciya qayd eta olishadimi? Quyida bazi savollarga javob topishga harakat qilamiz.

 

"Osasuna"

"Osasuna" mavsumni shu qadar yorqin boshladiki, jamoa muxlislari jiddiy ravishda evrokuboklar haqida o'ylay boshlashgandi. Biroq ko'p o'tmay jamoa ochko yo'qotishni boshladi va bu klubning jadvaldagi o'rniga ham tasir o'tkazdi.

Ispaniya Kubogida ham o'xshash holat yuz berdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Dastlabki bosqichlarda "San Avgustin" (4:0) va "Deportivo" (2:1) taslim etildi. Biroq uchinchi bosqichda "qizil-ko'klar" ko'pchilikni xayron qoldirib, "Jirona"ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Ko'pchilik uchun yaxshi tanish bo'lgan "Jirona" klubi hozirda ikkinchi darajali chempionat ishtirokchisi hisoblanadi.

32-turdan so'ng Yagob Arrasate shogirdlari 12 g'alaba va 8 durang qayd etib, 9-pog'onani band qilib turishibdi. Oxirgi ikki turda basklar "Alaves" (1:0) va "Valensiya"ni (2:1) mag'lub etishdi. Jamoa hujum chizig'i va sermahsulligi bilan maqtana olmaydi. "Osasuna" joriy mavsum davomida 33 ta gol urgan. SHu o'rinda qayd etish lozim Karim Benzemaning bir o'zi 25 ta gol muallifiga aylangan. 

Bugun mezbonlarga diskvalifikaciya sabab Lukas Torro yordam bera olmasa, Xuan Kruz, Enrike Garsiya va Xesus Areso jarohat sabab o'yinni o'tkazib yuboradi. 

"Real Madrid"

"Real"ning mavsumdagi natijalari haqida ortiqcha gapirib o'tirish zarur bo'lmasa kerak. Ko'plab tanqidlarga qaramay, jamoa chempionatda ham, ECHLda ham ishonch bilan olg'a odimlamoqda. Bazilar "Madrid"ni ECHLda guruh bosqichidayoq o'yindan chiqadi degan bo'lsa, guruhdagi eng yaqin taqibchi "Inter" 5 ochkoga ortda qoldirildi, ularning tarafdorlari PSJ bilan birinchi o'yindan keyin keskin oshib ketgandi. Biroq Diego Simeone aytganidek, ECHLda qanday harakat qilishni "Real"dan yaxshiroq biladigan jamoa bo'lmasa kerak. 

La Liga haqida gapiradigan bo'lsak, tarixga ismini katta harflar bilan yozdirib qo'yishga yaqin kelgan Karlo Anchelotti jamoasi 75 ochko bilan ikkinchi o'rindagi "Barsa"ni 15 ochkoga ("ko'k-anorranglilar"ni zaxirada 1 ta o'yini bor) ortda qoldirmoqda. Benzema ajoyib sport formasidaligi hech kimga sir emas, u va jamoadoshlari ichki chempionatda 66 ta gol urib, bu borada ham yaqqol etakchi hisoblanadi.

Oxirgi ikki turda "galaktikos" "Xetafe" (2:0) va asosiy raqobatchilardan bo'lgan "Sevilya"ni (3:2) mag'lubiyatga uchratdi.

Bugun yana Azar, yana Beyl safda emas, shuningdek Valexo, Marselo, Mendi, Migel Guterres va Kazemiro jarohat sabab jamoaga yordam bera olishmaydi. 

Ajoyib kayfiyatda va sport formasida bo'lgan "Real" bugun ortiqcha muammoga duch kelmaydi deb hisoblaymiz. "Xetafe" bilan uchrashuv yodingizdami? O'yinni to'liq nazorat qilgan "Real" har ikki bo'limda bittadan gol urib, ishonchli g'alabani tantana qilgandi. Nazarimda, bugun yana ana shunga o'xshash kartina guvohiga aylanamiz.

BestMaster
20 Aprel 2022, 18:15
liga, bugun, real, safarda, osasunaga, qarshi, maydonga, tushadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads