Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Oltin to'p”ni Benzema olishi uchun 5 sabab

Uning faqat bitta chinakam raqobatchisi mavjud.

.
- Yuklab olish

Matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda Karim Benzemaning o'yini haqida ko'plab iliq fikrlar uchramoqda. Franciyalik forvard shu qadar daxshatli sport formasidaki, uning ismi “Oltin to'p” sovrini bilan birga tilga olinishi hech kimni ajablantirmayapti.

Rossiyalik jurnalist Nikolay Egorichev “Championat.Asia” uchun maxsus Benzemaning har bir futbolchining orzusi bo'lgan sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganib chiqdi.

#1 sabab — OAV va raqiblari tomonidan hurmatObro'li britan sayti Goal.com Karimni nomzodlar ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ymoqda. Boshqa qator nashrlar ham shu fikrda — misol uchun, Eurosport, AS va Marca.

Benzema “xeytga” deyarli uchramaydigan kam sonli futbolchilardan hisoblanadi. Ha, Mate Valbuena bilan bo'lgan voqea Benzemaning avtoritetiga salbiy tasir o'tkazdi. Biroq u ancha yillar avval bo'lgan va Karim hammaga etarlicha narsani isbotlab qo'yib ulgurgan.

Benzemaning o'yinidan Ronaldo ham hayratda va hatto “Real”ning ashaddiy dushmani — “Barsa” himoyachisi Dani Alves ham. “Karim “Oltin to'p”ga loyiq, — dedi yaqinda afsonaviy “Zubastik”. — Men bu haqida bir necha yillar avval aytganman. O'sha gaplarim uchun meni ustimdan kulishgandi ham, lekin u chindan sovringa loyiq”. “U “Real” sharafini himoya qilishining menga farqi yo'q, — dedi Dani Alves “Instagram”da. — U qanday futbolchi!”

#2 sabab — kuchsiz raqobatchilarBenzemaga qo'l kelishi mumkin bo'lgan yana bir muhim omil raqobatchilarning kamroqligi.

Bu mavsum sovrin uchun Ronaldu ham, Messi ham kurashda faol ishtirok etmasa kerak. Goal.com portali ularni hatto kuchli o'nlikka ham kiritmadi. CHinakamiga raqobatchi bo'lishi mumkin bo'lganlardan faqatgina Robert Levandovski va Moxamed Salaxni ajratib ko'rsatish mumkin. Qolgan barcha — Mbappe, Modrich, Mane, De Bryuyne va Vinisius —Benzema bilan raqobatlasha olishlari qiyinroqdek.

#3 sabab — “Real”ning ECHLda g'olib chiqish imkoniyatlariRaqiblar mavzusini davom ettirib, UEFA CHempionlar Ligasidagi kurashni ham aytib o'tish zarur.

Bu vaziyatda PSJ yoki “Bavariya” kurashdan chiqib bo'lgani, “Real” esa hamon bosh sovrin uchun davogar sifatida qaralayotgani Benzema foydasiga ishlaydi. SHuning uchun Levandovski va Mbappening imkoniyatlari keskin kamayadi.

ECHL yarim finaliga chiqa olganlardan faqat bitta raqobatchi— Moxamed Salax qoladi. Musobaqaning qolgan qismida “Real” va “Liverpul” o'zini qanday ko'rsatarkin? Qiziq jihati, bu ikki klub finalda to'qnash kelishi mumkin.

#4 sabab — daxshatli samaradorlikBenzema anomal samaradorlik qayd etmoqda. 34 yoshida u CHempionlar Ligasining ikkinchi to'purari (12 gol, Levandovskida — 13) va katta ustunlik bilan La Liga to'purarlari poygasi etakchisi (25 gol, eng yaqin taqibchida —15).

Bundan tashqari Karim golli uzatmalari bilan ham maqtana oladi. Birinchi navbatda bu Ispaniya chempionatiga tegishli: ichki musobaqada Benzema 11 ball jamg'argan, Xavi kelgach “qayta tirilgan” Usmon Dembeleda ham shuncha.

#5 sabab — g'alaba gollari Transfermarkt malumotlariga ko'ra, Benzema Ispaniya chempionatida g'alaba gollarini urish bo'yicha yaqqol etakchi hisoblanadi. Karimning sakkiz goli “Real” uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. TOP-5da faqat Kilian Mbappe (11) va Dushan Vlaxovichda (10) yaxshiroq natija kuzatilmoqda. Levandovski va Salax hisobida esa mos ravishda besh va oltita bunday gol mavjud.

CHempionlar Ligasida francuz uchta shunday gol urdi. Benzemaning yana bir goli — “CHelsi”ga qarshi chorak final o'yinining qo'shimcha daqiqalardagi goli “Real Madrid”ni CHempionlar Ligasidan chiqib ketishdan qutqarib qoldi.

Bu mavsum Benzema uchun balki “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun oxirgi imkoniyatdir. Hozir bo'lmasa, qachon?

Muallifning boshqa maqolalarini kuzatib borish uchun telegram-kanalga azo bo'lib qo'yishni unutmang.

BestMaster
19 Aprel 2022, 13:45
“oltin, top”ni, benzema, olishi, uchun, sabab,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads