Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Live  La Liga. "Sevilya" - "Real Madrid" 2:1 (Matnli translyaciya)

Yana bir necha daqiqadan keyin La Liga 32-turidan o'rin olgan "Sevilya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

54-daqiqa. Militao avvaliga uzoq masofadan oyoqda zarba berdi, Yassin Bunu to'pni qaytardi. Burchak zarbasidan keyin Militao yana to'pni darvoza tomon yo'llashga urindi, ammo bu safar ham niyatiga eta olmadi.  

Bu gol aniqki mehmonlarga ruhiy ustunlik beradi. Biroq "Sevilya" birinchi bo'limda qiyin pallalarda ham ancha tartibli harakat qila oldi. SHu sabab buyog'iga o'yin qanday borishi yanada qiziq.

50-daqiqa. GOOOOOOL! Tanaffusdan keyin maydonga tushgan Rodrigo hisobni qisqartirdi. Ajoyib hujumni "Sevilya" futbolchilari faqat tomosha qilishga ulgurdi.  

48-daqiqa. Modrichning uzatmasidan keyin Benzema yana bir imkoniyatga ega bo'ldi va aniq zarba yo'lladi, ammo kuchsiz chiqqani sabab Bunu jamoasini muqarrar goldan qutqardi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'zgarishlar! Mezbonlar safida Alexandro Gomes o'rnini Oliver Torresga bo'shatib berdi. "Real"da Kmavinga o'rniga Rodrigo o'yinga qo'shildi. 

Bo'ldi, shu pallada hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Hozircha kamida raqibidan yomon o'ynamagan "Sevilya" hisobda oldinda bormoqda. Taym oxiriga kelibgina o'ziga kelganga o'xshagan "Real"dan ikkinchi bo'limda faolroq o'yin kutib qolamiz va bizni qiziqarli 45 daqiqa kutib turganiga ishonamiz.

45+4-daqiqa. Alabaning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo darvozabonni alday olmadi. Qo'shimchasiga, hakam franciyalik forvard o'yindan tashqari holatda bo'lganini qayd etdi.  

45+2-daqiqa. Modrichdan to'pni qabul qilib olgan Kamavinga katta masofani bosib o'tib, hujumni rivojlantirdi. Biroq ish yana oxirgi uzatma va ko'ngildagidek zarbagacha etib bormadi.   

45+1-daqiqa. "Real"ning yana bir urinishi omadsizlik bilan yakunlandi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. Benzema masuliyatni o'z bo'yniga olishga qaror qildi. Biroq raqiblarini chalg'itib bergan zarbasidan keyin to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.   

43-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.  

42-daqiqa. Vinisius hozir nima qilganini o'zi ham tushunmagan bo'lsa kerak.  

41-daqiqa. O'zgarish! O'sha to'qnashuvda jarohat olgan franciyalik o'yinni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga Rafa Mir tushirildi. 

39-daqiqa. Ogohlantirish! Hakamning qaroridan ochiqchasiga norozi bo'lgan Marsyal ogohlantirildi.  

38-daqiqa. Uxx, Kamavinga tavakkal qilib to'pga tashlandi, baxtiga hakam Eduardo to'pga etdi dedi. Aks holda yarim himoyachining sariq kartochka bor edi va bir nimalar bo'lib ketishi mumkin edi. 

37-daqiqa. "Real" hozircha raqib himoyasini yorib o'tishning ilojini qila olmayapti. 

35-daqiqa. Militao o'ngdan oldinga o'tayotgan Lukas Vaskesni ko'rdi, lekin to'pni unga aniq etkazib bera olmadi.  

34-daqiqa. Karim Benzema zerikib qolgan Yassin Bununi tekshirib ko'rdi, posbon o'z o'rnida.   

31-daqiqa. Ogohlantirish! Kamavinga keskin o'ynadi va to'pga eta olmagani uchun kartochka ishlab oldi. 

27-daqiqa. "Real" hozircha o'ziga o'xashmayapti va aksincha "Sevilya" o'ta dadil harakat qilmoqda.  

25-daqiqa. GOOOOOOL! Birinchi goldan o'ziga kelib ulgurmagan "Real" ikkinchi golni qo'yib yubordi. Erik Lamela gol muallifiga aylandi.  

O'yinni qo'rqmay boshlagan "Sevilya" hisobni ochdi. 

21-daqiqa. To'p oldida Ivan Rakitich. GOOOOOOOOL! Qanday gol. Rakitich hammani shoshirib qo'ydi. 

20-daqiqa. Luka Modrich kechagina o'zini maqtab intervyu bergan Papu Gomesdan to'pni olib qo'ya olmadi va jarima zarbasi belgilandi. 

Bo'ldi, o'yin davom etadi. Bunga penalti berilmaydi.

19-daqiqa. Qiziq vaziyat... Yassin Bununing qo'lidan chiqib ketgan to'p himoyachining ham qo'liga tekkan. "VAR"ni kutamiz.

17-daqiqa. "Sevilya" bu safar o'ng qanotdan oldinga o'tdi, ammo Rakitich havodan uzatgan to'pini Kurtua osongina ushlab oldi.  

14-daqiqa. Militao gavdasidan foydalanib, raqibini chetga chiqarib qo'ydi va to'pni jamoasiga qaytarib berdi.  

11-daqiqa. "Real" futbolchilari Militao va Valverde bir-birini oxirigacha tushunmay, to'pni oldirib qo'yishgandi, lekin "Sevilya" vakillari ham tezkor qarshi hujumga o'tib keta olishmadi. 

10-daqiqa. Dani Karvaxal qanchalik urinmasin to'pga eta olmadi va natijada Antoni Marsyalni maydonga qulashiga sababchi bo'ldi. 

9-daqiqa. Antoni Marsyal imkon topdi deguncha zarba berdi, ammo urinishi biroz noaniq chiqdi.   

7-daqiqa. Lopetegi aniq ko'rsatma bergan chog'i "Sevilya" yana chapdan raqib himoyasini yorib o'tishga urinib ko'rdi. Vaskes to'pni ortiga o'tkazib yuborgan bo'lsada, Xesus Koronani jarima maydonchasiga kiritmadi.   

6-daqiqa. O'ngroqdan rivojlangan hujumni Kamavinga jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli, ammo noaniq zarbasi bilan yakunladi.  

4-daqiqa. "Real" mehmonda bo'lsada, ikkinchi raqam bo'lib o'ynashga rozi emas. 

Andalusiyaliklar o'yinni ketma-ket hujumlar bilan boshlashdi. Asosan chap qanot faollik ko'rsatmoqda. 

1-daqiqa. "Sevilya" ilk soniyalardan bugun kim mezbonligini ko'rsatib qo'yish niyatida chog'i. 

Tribunalarda bo'sh o'rinlar deyarli qolmagan. Mezbon jamoa ishqibozlari bugungi bellashuvga yaxshigina tayyorgarlik ko'rishgani sezilib turibdi. Maxsus bannerlar, stadion ichi hamda atrofida chiroyli manzara va minglab muxlislar o'yinga tayyor. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan.

"Sevilya" - "Real Madrid"

Sevilya – Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich, Gomes, Jordan, Lamela, Korona, Marsyal.

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Vaskes, Modrich, Kroos, Kamavinga, Valverde, Benzema, Vinisius Junior.

Sevilla

Ivan Rakitic - 21', Erik Lamela - 25'

LaLiga . 32-tur

18/04/2022, 00:00

1 : 2 2-bo'lim

Real Madrid

Rodrygo - 50'

Stadion: Estadio R. Sanchez Pizjuan, 40629 tomoshabin

Bosh hakam: Guillermo Cuadra

BestMaster
18 Aprel 2022, 01:15
live , liga, sevilya, real, madrid, matnli, translyaciya,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads