Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Feliks: "Madridning eng zo'r jamoasini aniqlab beradigan derbi. Mavsumning yuqori nuqtasi"

"Atletiko" yarim himoyachisi Joau Feliks "Real"ga qarshi La Liga 17-tur doirasidagi o'yindan kutayotgan narsalari haqida aytdi.

.
- Yuklab olish

"Bu o'zgacha o'yin, o'ylaymanki, bu mavsumning yuqori nuqtasi. Bir shaharning ikki jamoasi, bizga o'xshab juda ham motivaciyaga to'lgan muxlislar.

Bu "Atletiko" uchun juda muhim o'yin, bu shaharning eng yaxshi jamoasini aniqlab beradigan derbi va bu ko'p narsani anglatadi. Biz g'alaba uchun maydonga chiqishimiz kerak. Buni qilgan holda, birinchi o'ringa chiqamiz va muxlislarimizni juda ham mamnun etamiz.

La Ligada "Barselona" va "Real"ni mag'lub etish mumkin, ammo bundan pastroq klassdagi jamoalarga yutqazish mumkin. Biz chempionmiz va doim g'alaba qozonishni xohlaymiz. "Atletiko" - har mavsum chempionlik uchun favorit, ammo biz keyingi o'yinda qanday muvaffaqiyatga erishish haqida o'ylaymiz", - deydi Feliks.

SHuningdek, oldinroq Feliksning "Atletiko"ning ketmoqchi ekanligi haqidagi xabarlar rad etildi, u Madrid jamoasida juda ham baxtli.

BestMaster
10 Dekabr 2021, 10:30
feliks, madridning, jamoasini, aniqlab, beradigan, derbi, mavsumning, yuqori, nuqtasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads