Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga. "Real Madrid" "Sevilya" ustidan irodali g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 15-turi markaziy uchrashuvida "Real Madrid" o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qildi.

.
- Yuklab olish

...

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Tibo Kurtua erkin zarba bilan to'pni o'yinga kirtdi va hakam final hushtagini chaldi! "Real" irodali g'alabaga erishdi. 

90+4-daqiqa. O'zgarish! Dani Karvaxal o'rniga Lukas Vaskes maydonga tushirildi.

90+4-daqiqa. Kurtuaaa jamoasini muqarrar goldan qutqarib qolmoqda.

90+2-daqiqa. O'zgarish! Vinisius maydonni tark etadi, uning o'rniga Nacho o'yinga qo'shildi.  

90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

Endi "Sevilya" oldinga borishdan boshqa chorasi yo'q. 

87-daqiqa. GOOOOOL! Qanday zarba, Vinisiusdan chinakam shedevr.   

84-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendidan to'pni olib qo'yish chog'ida qo'li bilan o'ynagani uchun Lukas Okampos ogohlantirildi. 

84-daqiqa. "Sevilya" hujumga chiqib keta olmadi.  

82-daqiqa. Okampos Vinisiusga nisbatan fol ishlatdi. Jarima zarbasini Toni Kroos amalga oshiradi.   

80-daqiqa. Rafa Mir hozir atayin ortdan Militaoning oyog'iga zarba bergani guvohi bo'ldik. Biroq bu harakat hakam etiboridan chetda qoldi.   

77-daqiqa. Mezbonlar raqibni kuchli pressing ostida qoldirishmoqda.  

75-daqiqa. O'yin tezligini oshirgan "Real" ustunlikni qo'lga olayotgandek.  

73-daqiqa. O'zgarishlar! Marko Asensio va Luka Modrich o'rniga Federiko Valverde hamda Eduardo Kamavinga o'yinga qo'shildi.  

Karlo Anchelotti o'yin borishiga tasir o'tkazish maqsadida o'zgarishlar tayyorlamoqda. 

71-daqiqa. O'zgarish! Ivan Rakitich o'rnini Tomas Dileyniga bo'shatib berdi.  

70-daqiqa. To'pni "Sevilya" futbolchisi o'yinga kiritdi lekin qarshi hujumga Benzema va Vinisius qochib ketdi. Braziliyalik maydon markazidan to'p bilan raqib jarima maydonchasigacha etib keldiyu, zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.  

69-daqiqa. Ogohlantirish! Navbatdagi qo'pollikdan keyin Karvaxalga sariq kartochka ko'rsatildi. Xavfli jarima zarbasi.   

66-daqiqa. Himoyaga yordamga qaytgan Benzema to'pni maydondan chiqarib yubordi.  

64-daqiqa. O'yin tempi biroz tushdi va asosan maydon markaziga yaqin hududda bormoqda.  

61-daqiqa. Ogohlantirish! Hozirgina o'ziga nisbatan qo'pollik uchun hakam raqibiga sariq ko'rsatmaganidan ranjigan Toni endi keskin harakat qildi va o'sha sariqni ishlab oldi. 

59-daqiqa. Jordan markazda Toni Kroosga nisbatan o'ta keskin harakat qildi.  

58-daqiqa. Karvaxal to'p o'rniga Gomesning oyog'iga zarba berdi.  

55-daqiqa. Ogohlantirish! Montiel to'pni qo'yotgach Vinisiusni quchoqlab olib, qo'yib yubormagani uchun sariq kartochka ishlab oldi.   

52-daqiqa. Modrich to'pni aniq etkazib berganiga qaramay, Karvaxal qanotda raqibini alday olmadi va to'pni yo'qotdi.  

50-daqiqa. Jordan uzoq masofadan zarba yo'lladi, biroq to'p ancha yuqorilab maydonni tark etdi.  

49-daqiqa. Vinisius yana texnikasini namoyish qildi va bir raqibni aldab o'tish unga qiyin ish emasligini isbotlab qo'ydi.    

48-daqiqa. Alexandro Gomes chaproqdan jarima maydoniga biroz yaqinlashib zarba yo'lladi, Tibo osonlik bilan to'pni ushlab oldi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Jamoalar maydonga qaytishmoqda. 

45+3-daqiqa. "Real"ning bo'limdagi oxirgi hujumi Kazemiro to'pni oldirib qo'yishi oqibatida oxiriga etmay qoldi. SHu pallada hakamning hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Fursatdan foydalanib biz ham biroz dam olamiz.    

45+2-daqiqa. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Okampos darvozaga joylab qo'yishiga Kurtua yo'l qo'ymadi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

43-daqiqa. Himoyaga yaqin hududda to'pga ega chiqqan David Alaba tezligini oshirib, hujumga o'tdi va xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq aynan avstriyalik himoyachining uzatmadagi xatosi sabab hujum uzilib qoldi.   

41-daqiqa. Rafa Mir hujumda Kroosga nisbatan fol ishlatdi.  

40-daqiqa. Lukas Okampos qanchalik urinmasin, erga bir sapchib, havoga ko'tarilgan to'pga eta olmadi.  

36-daqiqa. Karim Benzema zarba berdi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. 

33-daqiqa. Ogohlantirish! Markos Akunya to'p uchun kurashda Karvaxalga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

33-daqiqa. GOOOOOOOL! Hisob tenglashdi. Eder Militao kutilmaganda uzoq masofadan kuchli va muhimi aniq zarba yo'llab qoldi, Bunu qaytargan to'p ustunga tegib qaytdi va Benzema hammadan chaqqonroq chiqdi.   

30-daqiqa. Xavfli vaziyat! Lukas Okamposdan ajoyib zarba, Kurtua ham bu vaziyatda ilojsiz qolgandi, lekin to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi.  

27-daqiqa. Uzoq davom etgan kombinaciyani Vinisius zarba bilan yakunladi, ammo Bunu ham o'z o'rnida va to'pni egallab oldi.  

24-daqiqa. Toni Kroos jarima maydonchasiga kirmay, zarba berishga qaror qildi - noaniq. 

23-daqiqa. Jarima maydonchasiga yo'llangan to'p bir yo'la maydondan chiqib ketib qoldi. 

22-daqiqa. To'pga eta olmagan David Alaba qanotda Okamposga nisbatan qo'pol o'ynadi. Standart vaziyat! 

21-daqiqa. To'p yana oldingi chiziqdagi Rafa Mirga yo'llangandi, lekin hujumchi o'yindan tashqari holatdaligi qayd etildi.  

20-daqiqa. "Sevilya" futbolchilari raqib pressingidan zo'r chiqib ketayotganini alohida takidlash lozim.   

18-daqiqa. Karlos Kazemiro qoidani buzdi deb topildi, lekin futbolchining o'zi bu qarordan norozi. U raqibiga etiroz bildirmoqda.  

16-daqiqa. David Alaba uzoq masofadan zarba berib, omadini sinab ko'rdi.   

14-daqiqa. Xavfli vaziyat! Bosim ostida qolgan Karvaxal qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Rafa Mirning urinishidan keyin Kurtuadan ham o'tgan to'pni Militao qaytarib qoldi. Aks holda hisob 0:2 ko'rinishiga kelishi mumkin edi. 

12-daqiqa. GOOOOOOL! Mehmonlar ketma-ket ikki bor burchak zarbasini amalga oshirishdi. Aynan ikkinchi bor burchakdan uzatilgan to'pga Rafa Mir bosh bilan zarba berib, o'yinda hisobni ochmoqda.  

10-daqiqa. "Sevilya" futbolchilari to'p uchun oxirigacha kurashishdi va niyatlariga etishdi. To'p Kazemirodan maydonni tark etdi.  

8-daqiqa. Tezkor hujumni Karvaxal o'z qanotidan qo'llab-quvvatladi, biroq uning uzatmasidan keyin jarima maydonchasi deyarli markazida paydo bo'lgan Vinisiusning zarbasi qovushmadi.  

5-daqiqa. Mehmonlar hujumchisi Rafa Mir o'ng qanotdan oldinga o'tib bordi va to'pni jarima maydonchasiga uzatgandi, ammo Militao osonlik bilan uni qaytardi. 

4-daqiqa. "Real" faollashdi va uzoq vaqt raqib jarima maydonchasiga yaqin hududda to'p bilan muomalada bo'ldi. 

2-daqiqa. Vinisius qanotda tezlik olib, ikki raqibini ortda qoldirib ketgandi, oldidan Kunde chiqib to'pni olib qo'ydi.  

"Sevilya"ning dastlabki urinish omadsiz chiqdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi. 

Asosiy tarkib vakillari maydonga tushib kelishmoqda. 

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" — "Sevilya"

Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Benzema, Asensio, Vinisius Junior.

Sevilya – Bunu, Montel, Diego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich, Fernando, Jordan, Gomes, Okampos, Rafa Mir.

Real Madrid

Karim Benzema - 32', Vinicius Junior - 87'

LaLiga . 15-tur

29/11/2021, 01:00

1 : 2 Tugadi

Sevilla

Rafa Mir - 12'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 45281 tomoshabin

Bosh hakam: Jose Sanchez

BestMaster
29 Noyabr 2021, 03:00
liga, real, madrid, sevilya, ustidan, irodali, galabaga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads