Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. Benzemaning dubli "Real"ga 3 ochko keltirdi va guruh etakchisiga aylantirdi

Evropa CHempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "SHaxtyor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "SHaxtyor" 2:1Gollar: 1:0 – 14 Benzema, 1:1 – 39 Fernando Pedro, 2:1 – 61 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal (Nacho, 66), Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Benzema (Yovich, 79), Vinisius Junior.

"SHaxtyor" – Trubin, Dodo, Marlon, Matvienko, Ismaili, Stepanenko (Sudakov, 80), Alan Patrik (Markos Antonio, 79), Maykon, Mudrik (Solomon, 71), Tete (Marlos, 79), Fernando Pedro (Dentino, 86).

Ogohlantirishlar: Mendi (39), Kazemiro (63), Dentino (90).

Real Madrid

Karim Benzema - 14', Karim Benzema - 61'

Champions League Grp. D . 4-tur

03/11/2021, 22:45

1 : 2 Tugadi

Shakhtar Donetsk

Fernando - 39'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 38105 tomoshabin

Bosh hakam: Benoit Bastien

45' 90' 14'  Karim Benzema14'  Vinicius Junior39'  Ferland Mendy61'  Karim Benzema61'  Vinicius Junior63'  Casemiro66'  Daniel Carvajal (Nacho Fernandez)79'  Karim Benzema (Luka Jovic)39'  Fernando39'  Alan Patrick55'  Roberto De Zerbi71'  Mykhaylo Mudryk (Manor Solomon)79'  Taras Stepanenko (Georgiy Sudakov)79'  Tete (Marlos)80'  Alan Patrick (Marcos Antonio)86'  Fernando (Dentinho)90'  Dentinho Match-senterda ochish

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Dentino sariq kartochka ishlab oldi.  

90+3-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumi oxiriga etmay qoldi. Keyin himoyadan chiqishda Luka Yovichga nisbatan fol ishlatildi.    

90+2-daqiqa. Vinisius gol urishni juda xohlamoqda. Hozir ham u zarba uchun qulay vaziyat izladi, ammo himoyachilar ikki kishi bo'lib uni to'psiz qoldirishdi.  

90+1-daqiqa. Sudakov kutilmaganda kuchli zarba berdi, Kurtua qiyinchilik bilan to'pni qaytardi, keyin Mendi uni maydon tashqarisiga tepib yubordi.  

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.  

89-daqiqa. Toni Kroos zarba yo'llashga qaror qildi, lekin to'p to'g'ri darvozabonga bordi.  

88-daqiqa. Endi Luka Yovichni yiqitishdi. To'pni tez o'yinga kiritib, hujumga o'tmoqchi bo'lgan "Real" to'pni oldirdi.   

87-daqiqa. Hozirgina maydonga tushgan Dentino to'p uchun kurashda Militaoga nisbatan qo'pollik ishlatdi.  

86-daqiqa. O'zgarish! Gol muallifi Fernando o'rniga Dentino tushdi.  

84-daqiqa. Luka Modrichning burchakdan uzatgan to'pini Militao bosh bilan darvozaga yo'lladi, Trubin o'z o'rnida.  

82-daqiqa. "SHaxtyor"ning hujumi xavfli ko'rinish olishi mumkin edi, lekin bosh bilan amalga oshirilgan oxirgi zarba ko'ngildagidek chiqmadi.   

80-daqiqa. O'zgarishlar! Alan Patrik, Tete va Taras Stepanenko o'rniga Markos Antonio, Marlos hamda Georgiy Sudakov maydonga tushdi. 

79-daqiqa. O'zgarish! Karim Benzema o'rniga Luka Yovich maydonga tushirildi.  

79-daqiqa. Karim Benzema to'pni qabul qilib, o'ziga biroz to'g'rilab, darvoza tomon o'girildi va zarba berdi - noaniq.

77-daqiqa. Modrich yana zarba yo'llab ko'rdi, bu safar to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi, burchak zarbasi.    

BestMaster
4 Noyabr 2021, 00:45
benzemaning, dubli, realga, ochko, keltirdi, guruh, etakchisiga, aylantirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads