Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Chempionlar Ligasining 2021/22 yilgi mavsumi porlashi kutilayotgan 9 yosh yulduzi

14 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2021/22 yilgi mavsum guruh bosqichiga start berildi.

.
- Yuklab olish

14 sentyabr kuni Chempionlar ligasining 2021/22 yilgi mavsum guruh bosqichiga start berildi. Evropaning eng nufuzli turniridahar doim yulduzli futbolchilar, shuningdek, kelajagi porloq deya bashorat qilingan yosh taniqli iste'dodlar o'ynaydilar.

Bugun biz sizlar bilan joriy yilgi EChLda porlashi kutilayotgan 10ta yosh iste'dodlar bilan tanishtirishga harakat qilamiz, chunki ular bundan ikki yil oldin «Zaltsburg»da o'zini ko'rsatgan hujumchi Erling Holand kabi etuk futbolchilarni kashf qilishimiz mumkin.

 

Ansu Fati, «Barselona»

 

O'tgan mavsumni og'ir jarohat tufayli o'tkazib yuborgan yosh ispaniyalik yarimhimoyachi yangi mavsumda o'zini namoyish etishi kutilmoqda. Lionel Messi ketishi bilan 18 yoshli vinger Ronald Kuman jamoasida o'zini ko'rsatish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ladi. Ansu allaqachon jarohatidan forig' bo'lgan, ammo u «Bavariya»ga qarshi ochilish uchrashuvida maydonga tusha olmadi.

Ammo, guruh bosqichi oltita uchrashuvdan iborat, demak, biz «Barselona» kelajagi deb ataladigan futbolchining o'yinlarini kuzata olishimizga vaqtimiz etarli.

 

Rayan Gravenberx, «Ayaks»

«Ayaks»ning yosh yarimhimoyachi o'tgan yili Gollandiyada yulduzli vatandoshlari Matteys De Ligt va Frenki De Yongdan keyin yilning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotiga sazovor bo'lgan.

Rayan endigina 19 yoshda va u Amsterdam klubi tarkibida o'zini ko'rsatdi va Gollandiya terma jamoasi tarkibida allaqachon sakkizta rasmiy o'yin o'tkazishga ulgurdi.

O'tgan yozda Evropaning ko'plab klublari Gravenberxga qiziqish bildirishdi, ammo «Ayaks» «yangi Pogba» laqabini olgan o'yinchini jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo'lgan. Katta ehtimol bilan Rayan Chempionlar ligasida katta o'sisha erishadi va kelasi yoz uni Evropaning top-klublaridan birida ko'rishimiz ehtimoli katta.

 

Jamol Musiala, «Bavariya»

Yozgi mavsumlar oralig'ida «Bavariya» transfer bozorida juda kam xaridni amalga oshirdi, chunki ularning tarkibida bir nechta yosh iqtidorlar bor, ulardan biri shubhasiz Jamol Musiala.

Londonning «Chelsi» tarbiyalanuvchisi 2019 yil iyulda «nemis mashinasi»ga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi va bir necha yil ichida yoshlar jamoasi tarkibidan asosiy jamoaga yo'l oldi va hatto Germaniya terma jamoasida ham debyut qilishga ulgurdi (8 ta o'yin).

Bu mavsumda Jamol muntazam ravishda qanot hujumchisi sifatida maydonga tushib kelmoqda. Agar, Musiala Chempionlar Ligasining guruhi bosqichida o'zini ko'rsatsa, Yulian Nagelsmanning ishonchini yanada qozonishi mumkin.

 

Eduardo Kamavinga, «Real»

«Real»ning yangi xarid qilgan futbolchisi «Selta» darvozasini ishg'ol qilib, 5:2 hisobidagi g'alabaga o'z hissasini qo'shdi va Madridda yorqin debyutini o'tkazdi. «Qirollik klubi» Eduardoga yaqin kelajakda katta ishonch bildirishi kutilmoqda.

«Real»ning Toni Kroos va Luka Modrich kabi yoshi katta futbolchilarini hisobga olsak, Eduardo guruh bosqichida o'z imkoniyatini qo'lga kiritishi aniq. Bundan tashqari, futbolchi sobiq klubi «Renn» bilan klublar darajasidagi eng nufuzli turnirda oltita o'yin o'tkazgan va musobaqada ancha tajribasi bor.

Albatta, Kamavinga Madridda tezda asosiy tarkibdan joy olmasligi mumkin, ammo yaqin kelajakda «Real»ning yangi yulduziga aylanishi ehtimoli katta.

 

Nunu Mendesh, «PSJ»

O'tgan yozda «Sporting»ning sobiq himoyachisi APL va La Liga klublariga o'tishi mumkin edi, lekin yakunda «PSJ» futbolchini 35 million funtga sotib oldi. O'tgan mavsumda 19 yoshli Mendesh Portugaliya jamoasining asosiy o'yinchisiga aylandi va o'n to'qqiz yildan so'ng chempionlikni qaytarishga yordam berdi.

Mendeshning yuqori salohiyatini hisobga olgan holda, Maurisio Pochettino yosh futbolchiga Chempionlar Ligasida o'zini ko'rsatish imkoniyatini berishga majbur. Ehtimol, hozir biz keyingi o'n yillikning eng yaxshi himoyachilaridan birini kashf qilish arafasidadirmiz?!

 

Pedri, «Barselona»

O'tgan mavsumda yosh yarimhimoyachi Evro -2020 va Tokio Olimpiadasida qatnashgan bo'lib, klub va terma jamoa tarkibida 73 o'yin o'tkazdi. 18 yoshli yarimhimoyachi bir yil ichida Kataloniya grandining asosiy figurasiga aylandi. Yosh iqtidorning xizmatlariga «Manchester Siti», «Liverpul» va «Manchester Yunayted» kabi etakchi klublar qiziqish bildirgan.

Pedri - «Barselona»ning asosiy yulduzi va umidi, lekin uning shartnomasi kelasi yozda tugaydi (avtomatik ravishda yana 2 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud). Albatta, agar Pedri yana ajoyib mavsum o'tkazsa, u «Barsa»ning almashtirib bo'lmas o'yinchisi sifatida o'z o'rnini egallaydi va jamoasining asosiy yulduziga aylanadi.

 

Yussufa Mukoko, «Borussiya D»

Yosh nemis hujumchisi atigi 16 yoshda bo'lib, Germaniya chempionatida 17 uchrashuv o'tkazgan va uchta gol urgan. Erling Holandning ehtimoliy transferi haqida hamma biladi. Norvegiyalik kelasi yili nemis jamoasini tark etishi mumkin, demak Mukokoda Chempionlar Ligasida o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ajoyib imkoniyat bor. Shunisi e'tiborga loyiqki, 16 yoshli Yussufa Germaniya yoshlar terma jamoasining asosiy o'yinchisidir va yaqin ikki yil ichida Mukoko 5-10ta top-klublar ov qiladigan «Borussiya»ning haqiqiy yulduziga aylanishi mumkin.

 

Yeremi Pino, «Vilyarreal»

O'tgan mavsumda Pino «Vilyarreal»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi EL final bahsida asosiy tarkibida maydonga tushib, musobaqa yakuniy o'yinida qatnashgan eng yosh ispan futbolchisi bo'ldi.

O'tgan mavsumda Pino asosiy jamoa safida 7 ta gol urdi va Unai Emeri klubining asosiy o'yinchisiga aylanib oldi. Albatta, Yeremi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 6ta o'yin o'tkazadi, bu esa ko'plab Evropa gigantlarini yosh ispan iqtidorini sinchiklab kuzatishiga imkon beradi. Agar, Pino xuddi shu ruhda davom etsa, tez orada uning ismi nafaqat «sariq suv osti kemasi» muxlislari, balki Ispaniya terma jamoasining ham tilida bo'lish ehtimoli bor.

 

Deyan Kulusevski, «Yuventus»

Kulusevski - «Yuventus»ning umidli futbolchilaridan biri hisoblanadi va u «Manchester Yunayted»ga ketgan Krishtianu Ronalduning yo'qligini bildirmaslikka harakat qilib ko'radi. Yosh shved vingeri atigi 21 yoshda, lekin u Evro-2020da ham o'ynagan, shuningdek, «Parma» va «Yuventus» safida A Seriyaning 77ta o'yinida ishtirok etishga ulgurgan.

Bu mavsum Deyan uchun ancha omadli bo'lishi mumkin, chunki «byankonerilar» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yosh vingerdan katta umid qilmoqda va uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida har doim boshlang'ich tarkibda tushirmoqda.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

BestMaster
16 Sentabr 2021, 18:30
chempionlar, ligasining, 2021/22, yilgi, mavsumi, porlashi, kutilayotgan, yosh, yulduzi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads