Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. Guruh bosqichi qur'asi haqida batafsil ma'lumot

Evropa chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoaning nomi aniq bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Evropa chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsumi guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 32 jamoaning nomi aniq bo'ldi. Bugun esa musobaqaning guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi. Qur'a jarayoni haqidagi muhim ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Qachon?

Qur'a marosimi 26 avgust kuni Istanbul shahrida bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Qur'a tashlash marosimida Branislav Ivanovich va Maykl Essen tashkilotchilarga yordam berishadi.

Ishtirokchilar

26ta jamoa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichi ishtirokchisiga aylangan bo'lsa, qolgan 6ta o'ringa jamoalar saralash bosqichi orqali chiqishdi.

Ispaniya: "Atletiko", "Real", "Barselona", "Sevilya", "Vilyareal"
Angliya: "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi"
Germaniya: "Bavariya", "RB Leyptsig", "Borussiya" Dortmund, "Volfsburg"
Italiya: "Inter", "Milan", "Atalanta", "Yuventus"
Frantsiya: "Lill", "Pari Sen-Jermen"
Portugaliya: "Sporting", "Portu", "Benfika"
Niderlandiya: "Ayaks"
Rossiya: "Zenit"
Avstriya: "Zaltsburg"
Belgiya: "Bryugge"
Ukraina: "Dinamo" Kiev, "Shaxtyor"
Turkiya: "Beshiktash"
Shveytsariya: "Yang Boyz"
Shvetsiya: "Malmyo"
Moldova: "Sherif"

Savatchalar

Qur'adan oldin jamoalar 4ta savatchaga taqsimlanishadi. Birinchi savatchadan Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasi musobaqasining amaldagi g'oliblari hamda UEFA koeffitsientlar jadvalida yuqori 6ta o'rinni egallagan mamlakatlar (Ispaniya, Angliya, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Portugaliya) chempionlari o'rin olishadi. Qolgan klublar UEFA reytingi asosida keyingi savatchalardan joy olishadi.

1-savatcha: «Chelsi», «Vilyarreal», «Atletiko», «Manchester Siti», «Bavariya», «Inter», «Lill», «Sporting»

2-savatcha: «Real», «Barselona», «Yuventus», «Manchester Yunayted», «PSJ», «Liverpul», «Sevilya», «Borussiya D»

3-savatcha: «Portu», «Ayaks, «Leyptsig», «Atalanta», «Zenit», «Shaxtyor», «Benfika», «Zaltsburg».

4-savatcha: «Beshiktosh», «Dinamo Kiev», «Bryugge», «Milan», «Volfsburg», «Malmyo», «Yang Boyz», «Sherif».

Qur'a mexanizmi

Bir mamlakat vakillari bir guruhdan o'rin olishmaydi. Shuningdek, Rossiya va Ukraina klublari bir guruhdan o'rin olishiga yo'l qo'yilmaydi. Boshqa cheklovlar haqida qur'a oldidan e'lon qilinadi.

Guruh bosqichi o'yinlari o'tkaziladigan sanalar

1-tur: 14/15 sentyabr
2-tur: 28/29 sentyabr
3-tur: 19/20 oktyabr
4-tur: 2/3 noyabr
5-tur: 23/24 noyabr
6-tur: 7/8 dekabr

Individual sovrinlar

Qur'a tashlash marosimi davomida turli nominatsiyalar bo'yicha mavsum-2020/2020ning eng yaxshilari nomi e'lon qilinadi.

Mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi
Erkaklar jamoasidagi mavsumning eng yaxshi murabbiyi
Ayollar jamoasidagi mavsumning eng yaxshi murabbiyi
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi darvozaboni
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi himoyachisi
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi yarim himoyachisi
Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi hujumchisi
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi darvozaboni
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi himoyachisi
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi yarim himoyachisi
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi-2020/21ning eng yaxshi hujumchisi

Pley-off va final

Evropa chempionlar ligasi pley-off bosqichi an'anaga ko'ra fevral oyidan boshlab davom ettiriladi. Bu bosqichda "safardagi gol" qoidasi qo'llanilmaydi.

Final uchrashuvi 2022 yilning 28 may kuni Rossiyaning "Sankt-Peterburg" shahridagi «Gazprom Arena» stadionida bo'lib o'tadi.

BestMaster
26 Avgust 2021, 08:30
guruh, bosqichi, qurasi, haqida, batafsil, malumot,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads