Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La ligada chempionlik kurashi: «Atletiko», «Real», «Barselona» va «Sevilya» ni kutayotgan o'yinlar

Ispaniya chempionatining joriy mavsumi yakunlanishiga 5 tur qolganida chempionlik uchun kurash keskin tus oldi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining joriy mavsumi yakunlanishiga 5 tur qolganida chempionlik uchun kurash keskin tus oldi. G'oliblik uchun birdaniga 4ta jamoada yaxshi imkoniyat mavjud.

«Atletiko» (73 ochko), «Real» (71), «Barselona» (71) va «Sevilya» (70) jamoalari atigi 3 ochko masofasida joylashishgan. Andulusiyaliklar La liga doirasida ketma-ket 8ta o'yinda mag'lub bo'lmay (7 g'alaba va bir durang), chempionlik kurashiga qo'shilishdi.

"Barsa" hisobida "Granada"ga qarshi qoldirilgan bitta zaxira uchrashuvi mavjud. Kuman shogirdlari unda g'alaba qozonishda, peshqadamga aylanishadi. Shu bois, ko'p narsa kataloniyaliklarga bog'liq bo'lib qoladi. Bunday holatda "ko'k-anorranglilar"ni 9 may kuni bo'ladigan "Atletiko"ga qarshi bahsda durang natija ham qanoatlantirishi mumkin.

Simeone jamoasini esa, bundan tashqari "Real Sosedad"ga qarshi yana bitta qiyin o'yin kutib turibdi.

"Real" "murakkablik reytingi" bo'yicha 3ta o'yin o'tkazishi kerak: "Sevilya", "Atletik Bilbao" va "Vilyarreal"ga qarshi.

"Sevilya"ni ham "Real"dan tashqari, "Vilyarreal" va "Atletik" klublariga qarshi hal qiluvchi bahslar kutib turibdi.

Barchasini so'nggi 5ta tur uchrashuvlari hal qilib beradi.

"Atletiko"ning qolgan o'yinlari:
34-tur. 01.05.2021. Elche - Atletiko
35-tur. 09.05.2021. Barselona - Atletiko
36-tur. 12.05.2021. Atletiko - Real Sosedad
37-tur. 16.05.2021. Atletiko - Osasuna
38-tur. 23.05.2021. Valyadolid - Atletiko

"Real"ni kutayotgan o'yinlar:
31-tur. 29.04.2021. Barselona - Granada
34-tur. 01.05.2021. Real Madrid - Osasuna
35-tur. 09.05.2021. Real Madrid - Sevilya
36-tur. 12.05.2021. Granada - Real Madrid
37-tur. 16.05.2021. Atletik - Real Madrid
38-tur. 23.05.2021. Real Madrid - Vilyarreal
    
"Barselona"ning qolgan o'yinlari:
34-tur. 02.05.2021. Valensiya - Barselona
35-tur. 09.05.2021. Barselona - Atletiko
36-tur. 12.05.2021. Levante - Barselona
37-tur. 16.05.2021. Barselona - Selta
38-tur. 23.05.2021. Eybar - Barselona

"Sevilya"ni kutayotgan bahslar:
34-tur. 03.05.2021. Sevilya - Atletik
35-tur. 09.05.2021. Real Madrid - Sevilya
36-tur. 12.05.2021. Sevilya - Valensiya
37-tur. 16.05.2021. Vilyarreal - Sevilya
38-tur. 23.05.2021. Sevilya - Alaves

BestMaster
26 Aprel 2021, 05:30
ligada, chempionlik, kurashi, «atletiko», «real», «barselona», «sevilya», kutayotgan, oyinlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Реал га омад
26 Aprel 2021, 12:53
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads