Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Liverpul" "Real"ni "tiz cho'ktirgan" o'yinni eslaymiz (+umumiy statistika)

Evropa CHempionlar Ligasi joriy mavsumining chorak final bahslari start olish arafasida.

.
- Yuklab olish

Mersisaydning "Liverpul" klubi bugun Madridda "Real" mehmoni bo'ladi. SHu munosabat bilan mazkur jamoalar o'rtasida 2009 yilda o'tkazilgan uchrashuvni yodga olishga qaror qildik.

"Real" Evropa CHempionlar Ligasining pley-off bosqichida ilk bor 2008-2009 yilgi mavsumning nimchorak finalida to'qnash kelgan edi. 2008-2009 yilgi mavsumdagi 1-uchrashuv Madridda o'tkazildi. "Santyago Bernabeu"ga yig'ilgan 80 ming muxlis qarshisida kechgan bahs taqdirini Yossi Benayunning yagona goli hal qiladi. Javob uchrashuviga g'alaba ilinjida tashrif buyurgan "Real" katta kuch bilan hujumga o'tishni niyat qilgan edi. "Enfild" esa bunday tavakkalchiliklarni sira kechirmaydi...

2009 yilning 10 mart kuni Mersisaydda o'tkazilgan o'yin "Liverpul"ning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Rafa Benitez jamoasi safida Jerrard dubl qayd qilgan bo'lsa, Fernando Torres va Andrea Dossena bittadan gol urdi.

"Liverpul" 4:0 "Real Madrid"

Gollar: 1:0 - Torres 16, 2:0 - Jerrard 28 (pen.), 3:0 - Jerrard 47,  4:0 Dossena 88.

"Liverpul": Reyna, Arbeloa, SHkrtel, Karrager, Fabio, Maskerano, Jerrard (Spiring, 73'), Babel, Alonso (Leyva, 60'), Kyoyt, Torres (Dossena, 84')

"Real Madrid": Kasilyas, Ramos, Pepe, Kannavaro (Van der Vart, 64'), Xaynce, L.Diarra, Gago (Guti, 77'), Sneyder, Robben (Marselo, 46'), Raul, Iguain.

Ogohlantirishlar: Jerrard(26'), Maskerano(42'), Dossena(85') - Pepe(19'), Xaynce(27'), Marselo(62')

Quyidagi videoda uchrashuvda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

Jamoalar o'rtasidagi statistika. Mazkur klublar bugunga qadar rasmiy bahslarda 6 bor to'qnash kelgan. Ularning uchtasida "qirollik klubi", qolgan uchtasida "qizillar"ning qo'li baland kelgan. To'plar nisbati - 7:7. Eng qizig'i, to'qnashuvlarning 2 tasi finallarda ro'y bergan. 1981 yilgi Evropa CHempionlar Kubogining hal qiluvchi bahsida "Liverpul" himoyachisi Alan Kennedining goli ingliz klubiga g'alaba keltirgan. 2018 yilgi finalni esa juda yaxshi eslaysiz...

"Real" "Liverpul"ni engadimi? (CA xodimlarining taxminlari)        

BestMaster
6 Aprel 2021, 17:00
liverpul, realni, choktirgan, oyinni, eslaymiz, +umumiy, statistika,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads