Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zaxirada o'tirmaslik uchun Zidandan qochgan va yorug'likka chiqish maqsadida "Arsenal"ga o'tgan Edegor

"Real"da o'ynab keta olmasa, yomon o'yinchi degani emas...

.
- Yuklab olish

Birinchidan, "Qirollik klubi"da raqobat doim kuchli, ikkinchidan esa, Zidanning eski "gvardiya"siga bo'lgan ishonchi juda yuqori. Ehtimol, Zizu munosib va hali ham kuchli "qariyalari"ga bunday etibor qaratishi francuzning "Real"dagi faoliyatiga qimmatga tushishi mumkin. Sababi klub va murabbiy o'rtasida ziddiyatlar borligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. "Qaymoqranglilar" rahbariyati Zidan istiqbolli futbolchilarga etarlicha vaqt ajratmayapti deb hisoblamoqda. CHunki iqtidorli yoshlarni rivojlantirish klubning strategik ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

So'zimizning yorqin isboti — Martin Edegor. Iqtidorini erta namoyon qila olgan norvegiyalik "Real" safiga qo'shilishdan oldin turli qiyinchiliklar va qator ijara seriyalaridan o'tgan. Biroq Martin Zidan qo'l ostida aytarli imkoniyatga ega bo'lgani yo'q. Uning aytishicha, murabbiy mavsum boshida unga bergan vadasi ustidan chiqmagan. Takidlash lozimki, Edegor "Real"ga qaytishni istamaganiga sabab, u ayniqsa, safar dastlab ikki yilga mo'ljallanganini hisobga olib, yana bir mavsum "Sosedad"da o'ynash foydaliroq bo'ladi deb hisoblagan.

"Madrid" muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng Martinni San-Sebastyandan qaytarib olgandi. Edegor muntazam ravishda Modrich o'rnini egallashga kuchi etadigandek va "qaymoqranglilar" yarim himoyasida muhim figura bo'ladigandek tuyulgan. Ammo hech biri kutilganidek bo'lmadi: norvegiyalik atigi 367 daqiqa o'ynadi, bu jamoadagi 19-ko'rsatkich. Xo'sh, deyarli o'ynamayotgan 22 yoshli futbolchi kelajagi haqida nima deyish mumkin? "Arsenal"da vaziyat o'zgarishi kerak. Axir Edegorga u erda avval Mesut Ozil o'ynagan bo'sh zonani to'ldiradi deb ishonch bildirishmoqda.

"Arsenal" Martin ijarasi uchun 2 mln evro berdi va maoshini ham to'liq to'laydi

"Kanonirlar"ning niyati jiddiy. Buni ular Madridning zaxira futbolchisi uchun olti oyga 2 mln evroga to'lashga rozi bo'lgani va bu vaqt mobaynida norvegiyalik oldidagi barcha majburiyatlarni bajarish (maoshini to'liq to'lash)ga tayyor ekanidan bilish mumkin. Bu bitimdan "Real" Edegor maoshidan 2.8 mln evro tejaydi va 2 mln evro miqdorida pulga ham ega bo'ladi. Klub har bir centini tejab sarflashga majbur bo'layotgan hozirgi sharoit uchun bu yomon emas. Edegorning ijarasi klub va Serxio Ramos shartnomasiga ham tasir o'tkazishi mumkin. Ushbu ijara orqali kelgan pul "Madrid" taklif qilgan hamda Ramos so'rayotgan farqni qoplab ketishi mumkin.

O'z navbatida, "Arsenal" va Mikel Arteta futbolchining aql bilan o'ynab, uzatmalar berishi "kanonirlar" hujumiga o'ziga xoslik bera oladi deb hisoblaydi.

So'nggi vaqtlarda "Arsenal" 4-2-3-1 sxemasida o'ynamoqda, markaziy hujumkor yarim himoyachi poziciyasida 20 yoshli Smit-Rou harakatlanadi. Emil umuman olganda yomon o'yinchi emas, biroq hali ko'p narsani o'rganishi kerak. Martin ham juda yosh, ammo uning hisobida Eredivizie va La Ligada o'tkazgan ajoyib mavsumlari bor. SHunchaki unga to'g'ri yo'nalish, ko'rsatma berilsa etarli. Arteta ham aynan shu ish bilan shug'ullanadi. Norvegiyalik futbolchi ham yangi jamoasi ustozining ishiga ijobiy munosabatdaligini bildirdi: "Transfer arafasida men Arteta bilan gaplashdim. Bu juda muhim edi. Mikelda top-murabbiy sifatlari bor, uning futbolga bo'lgan qarashlari va g'oyalari menga yoqdi.

Martin Edegor haqida 5 fakt

1. Norvegiya termasida 15 yoshida debyut qildi

2014 yil 27 avgust kuni 15 yoshli Edegor ilk bor Norvegiya termasida o'ynadi. Va tabiiyki, jamoa tarixida eng yosh futbolchi bo'ldi va 104 yillik rekordni yangiladi. Martin o'sha kuni BAAga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa o'ynadi. Oradan ikki oy o'tib, yarim himoyachi Evro-2016 saralash bosqichi Bolgariyaga qarshi bahsda 27 daqiqa harakatlandi. Edegor hisobida 25 o'yin, 1 gol va 6 assist bor (terma jamoa).

2. Uning otasi u bilan birga "Real"ga o'tgan

2015 yil 16 yoshda Martin "Real" safiga kelib qo'shiladi. Bitimdagi shartlardan biri otasi Xans Erik Edegor ham Madrid klubida ishlashga o'tishi edi. Norvegiyalik U-11 jamoasi boshqaruvini o'z qo'liga oldi. U shartnoma imzolashi uchun 3 mln evro miqdorida bonusga ega bo'ldi, yillik maoshi esa 100 ming evroni tashkil etdi. O'sha paytda futbolchining otasi "Kastilya" murabbiyi Zinedin Zidandan ko'ra ko'proq topardi.

3. Martin bolaligida "Liverpul"ni qo'llab-quvvatlagan

Edegor hattoki, birinchi jamoasi "Liverpul" bilan bir nechta mashg'ulot ham o'tkazgan. O'shanda menejer Brendan Rojers edi. Bu "Real" bilan shartnoma imzolagunga qadar bo'lgan. 2014 yil bergan intervyusida Martin shunday degan: "Liverpul" doim mening orzumdagi klub bo'lgan".

4. U faoliyatidagi eng baxtli damlarni Leonid Sluckiy qo'l ostida o'tkazgan

Rossiyalik mutaxassis "Vitess"da ishlaganida norvegiyalik uchun mos yondashuvni topgan: o'yinchi Sluckiy nazorati ostida 39 o'yinda maydonga tushdi va 11 gol urib, 12 assist berdi. U Alguasil qo'l ostida "Sosedad"da ham yaxshi o'ynadi, lekin Martin samaradorligi bir muncha kamtar ko'rsatkichlarni tashkil qildi (7+9).

5. Klubdagi umumiy 216 uchrashuvdan 118 tasini ijarada o'tkazdi

Martin faoliyatidagi o'yinlarning 55 %ini ijarada o'tkazdi. Yaqin oylar ichida bu ko'rsatkich o'sadi: "Arsenal" Edegorni ijaraga olgan "Xerenven", "Vitess" va "Reala Sosedad"dan keyingi to'rtinchi jamoa hisoblanadi.

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
30 Yanvar 2021, 18:15
zaxirada, otirmaslik, uchun, zidandan, qochgan, yoruglikka, chiqish, maqsadida, arsenalga, otgan, edegor,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads