Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marselo bunga loyiq emas edi

Sezganingizdek, bugun Stadion.uz «Real Madrid» jamoasi a'zosi Marselo tushib qolgan ruhiy holat va jamoadagi o'rni borasida fikr almashadi.

.
- Yuklab olish

Qanchalar buni istamasak ham, boshlangan narsaning doimo yakuni bo'lishi lozim. Uzoq yillardan beri «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelayotgan braziliyalik futbolchi uchun Madriddagi sarguzashtlar o'z yakuniga etib bormoqda. Sezganingizdek, bugun Stadion.uz «Real Madrid» jamoasi a'zosi Marselo tushib qolgan ruhiy holat va jamoadagi o'rni borasida fikr almashadi.

Achinarlisi shundaki, Marselo «Real»ning bu mavsumdagi 5 ta mag'lubiyatining 4 tasida asosiy tarkibda to'p tepgan edi. Bu kichik fakt murabbiy va futbolchi uchun juda ahamiyatli. O'tmishdagi ajoyib mavsumlar uchun hech qaysi futbolchiga asosiy tarkibdan joy naqd qilinmaydi. Zidan buni barchadan yaxshiroq biladi desak, adashmagan bo'lamiz.

 

Keling, tan olaylik Marselo o'z nomiga yarasha futbol namoyish etmayapti. Madrid super klubi Marseloni 2006 yilda Roberto Karlosning o'rnini egallashi uchun xarid qilgan edi. Uning transferini amalga oshirgan Miyatovich bu yigit Karlosdan ham o'tib ketishini bashorat qilgan edi. Uning so'zlari oradan ko'p o'tmay to'liq oqladi. Karlosning darajasiga etishishning imkoni yo'qdek ko'ringan bo'lsada, Marselo vatandoshidan har jabhada o'zib ketishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, Evropa chempionlar ligasidagi 4 ta g'oliblikda qahramonimizning tutgan o'rni beqiyos. Keling o'sha musobaqalarning faqat final uchrashuvlarini yodga olamiz. 

2016 yilda Karlo Anchelotti Marseloni o'yinga zaxiradan qo'shgan edi. O'sha, uchrashuvda qanot himoyachisi so'nggi golni kiritgan va «Ateltiko»ni tor-mor etishda asosiy figuralardan biri sifatida tarixda qolgan edi. Qahramonimiz Beylning «Liverpul» darvozasiga kiritgan fantastik qaychi uslubidagi zarbasiga hammualliflik qilgan bo'lsa, «Yuventus»ga qarshi uchrashuvda Asensioga gol kiritish imkoniyatini yaratib bergan edi. 

Aynan Kievdagi final uchrashuvidan so'ng, biz Marseloni boshqa kuchli sport formada ko'rganimiz yo'q. Zidan ketgach, u asosiy tarkib futbolchisi maqomidan ayrildi. Avvaliga Solari Regilonni birinchi raqamli qanot himoyachisiga aylantirgan bo'lsa, keyin kurashga Mendi qo'shildi. Keling, tan olaylik Mendi va Regilon Marseloning darajasida hech qachon to'p sura olmaydi, biroq Marselo ham o'zining eng kuchli mavsumlarini o'tkazib bo'lgan. Shunday ekan, murabbiy yoshroq, g'alabaga o'ch qanot futbolchilarini afzal ko'rishi tabiiy hol. 
Zidan qaytgach, o'zining eski gvardiyasini atrofiga jamlashga urindi. Ramos, Varan, Kroos, Modrich, Benzema va Marselo. Bu yigitlarning deyarli barchasi murabbiy istaganidek to'p tepmoqda, faqat Marselo hech o'ziga o'xshay olmayapti. Bunday vaziyatda murabbiy majburligidan Mendini asosiy planga olib chiqmoqda.

Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Sababi, «Real» uchun ayni damda barcha frontlardagi o'yinlarning qadri baland. «Barselona» singari sochilib ketmaslik uchun Zizu o'z futbolchilarining ko'ngliga qaramay o'tiradigan payt emas. «Qaymoqranglilar» uchun 515 ta o'yinda maydonga tushgan Marseloning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda o'z yakuniga etadi. Bundan 2 yil avval, dunyoning deyarli barcha grand jamoalari qanot himoyachisini o'z safida ko'rishni istadi. Hatto, Ronaldu uni «Yuventus»ga chorladi. U esa, barcha takliflarni rad etdi va avvalgi darajasiga chiqishdan umid qildi. Bu umidlar vaqt o'tgan sari puchga chiqib bormoqda. Avvalgi tezligini yo'qotgan, asosiy tarkibdan tushib qolishi odatiy xolga aylangan Marselo bilan endi grand klublar ham qiziqish bildirmay qo'ydi. Marselo taqdirga tan berdi. U endi hech qachon o'ziga, eng zo'r mavsumlardagi to'xtatib bo'lmas Marseloga o'xshamasligini chuqur his etib turibdi.

Shunday bo'lsada, negadir «Real»dan ketmadi. Balki, keta olmagandir. Bunisi bizga qorong'i. Shunisi aniq-ki, uni oldinda uni bundan battarroq bo'lgan mavsumlar kutib turibdi.

BestMaster
18 Dekabr 2020, 20:30
marselo, bunga, loyiq, emas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 shrek  
Марсело реалнинг энг зур химоячиси эди тугри энди даври утимикан-а.
18 Dekabr 2020, 21:00
 shrek  
Марсело реалнинг энг зур химоячиси эди тугри энди даври утимикан-а.
18 Dekabr 2020, 21:02
 shrek  
Марсело реалнинг энг зур химоячиси эди тугри энди даври утимикан-а.
18 Dekabr 2020, 21:03
 u7777u  
Утган имас просто имкон бериш керак
18 Dekabr 2020, 21:51
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads