Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

ECHL. "Real Madrid" "Borussiya"ga master-klass o'tib berdi va guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritdi

Yana bir necha daqiqadan keyin ECHL 6-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Borussiya M" uchrashuvi start oldi.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" – "Borussiya M" 2:0 "Estadio Alfredo Di Stefano" stadioniGollar: 1:0 – 9 Benzema, 2:0 – 31 Benzema.

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 74), Modrich, Rodrigo (Arribas, 74), Benzema.

"Borussiya M" – Zommer, Elvedi, Layner, Ginter, Vendt (Lazaro, 46), Noyxaus, Kramer (Benesh, 85), SHtindl (Volf, 85), Embolo (Zakariya, 46), Plea, Tyuram (Xerrmann, 85).

Ogohlantirish: Zakariya (88).

Real Madrid

Karim Benzema - 9', Karim Benzema - 32'

Champions League Grp. B . 6-tur

10/12/2020, 01:00

0 : 2 Tugadi

Borussia Moenchengladbach

Stadion: Alfredo Di Stefano, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Bjorn Kuipers

45' 90' 9'  Karim Benzema9'  Lucas Vazquez32'  Karim Benzema32'  Rodrygo74'  Rodrygo (Sergio Arribas)74'  Vinicius Junior (Marco Asensio)46'  Oscar Wendt (Valentino Lazaro)46'  Breel Embolo (Denis Zakaria)85'  Christoph Kramer (Laszlo Benes)85'  Lars Stindl (Hannes Wolf)85'  Marcus Thuram (Patrick Herrmann)88'  Denis Zakaria Match-senterda ochish

GURUHDAGI HOLAT

Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Bo'ldi, shu pallada hakamning final hushtagi chalindi va butkul ustunlikka erishgan "Real Madrid" guruh bosqchini birinchi o'rinda yakunlamoqda. 

90+1-daqiqa. Qanotda Mendi oldirib qo'ygan to'pni Kroos jamoasiga darhol qaytarib berdi. 

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Xavfli vaziyat. Aynan shu kabi kombinaciyani madridliklar juda yaxshi mashq qilishgani sezilib turibdi. Ikkita gol urilganidek, yana o'ng qanotdan rivojlangan hujum jarima maydoni ichiga ko'chirilmoqda va u erda Karim Benzema havodagi kurashda ustunlikka erishmoqda.   

88-daqiqa. Denis Zakaria havodagi kurashda Toni Kroosga nisbatan o'ta qo'pol harakat qildi va bosh hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi. 

85-daqiqa. O'zgarish. Mehmonlar tarkibida bir yo'la uch nafar futbolchi almashtirilmoqda. Kramer, SHtindl, Markus Tyuram o'rniga Xansi Volf, Patrik Xerman va Laslo Benesh maydonga tushdi.  

81-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda. 

78-daqiqa. Lukas Vaskes o'zi boshlab bergan tezkor hujumni o'zi zarba bilan yakunladi. Kulchi zarbadan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.   

76-daqiqa. Toni Kroos navbatdagi burchak zarbasini amalga oshiradi. Standart vaziyatda hujumga kelgan Varan bosh bilan zarba berdi, lekin noaniq. 

74-daqiqa. "Real" tarkibida o'zgarish. Rodrigo o'rniga 19 yoshli Serxio Arribas o'yinga qo'shildi. Vinisius esa o'rnini Marko Asensioga bo'shatib berdi.   

73-daqiqa. AJOYIB VAZIYAT! "Real" futbolchilari ketma-ket kuchli zarbalar yo'llashdi, ammo har safar to'p darvoza chizig'ini kesib o'tishni istamay, qaytaverdi. SHu o'rinda Serxio Ramosning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Zommer ajoyib seyv ijro etgani va hisob o'zgarishiga yo'l qo'ymaganini takidlash lozim.  

71-daqiqa. "Borussiya" yaxshi kombinaciya uyushtirayotgandilar, lekin oxirgi to'p uzatishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

69-daqiqa. "Qirollik klubi" futbolchilari ijrosida navbatdagi hujum, navbatdagi qulay vaziyat va Rodrigoning zarbasi... Lekin to'p yo'nalishiga biroz aniqlik etishmadi.    

67-daqiqa. Vinisius Junior negadir zarba yo'llash uchun qulay nuqtada bo'lsada, to'pni sheriklariga etkazishga harakat qildi. Oqibatda, imkoniyat qo'ldan chiqarildi. 

65-daqiqa. Alessane Plea kuchli zarba yo'lladi, lekin noaniq. 

64-daqiqa. Ferlan Mendi Laynerni qo'pol harakat bilan kutib oldi va hakam jarima zarbasi belgiladi. 

63-daqiqa. Toni Kroosning kuchli va muhimi aniq zarbasidan keyin Yan Zommer ajoyib seyv ijro etdi. 

Italiyadagi o'yinda hamon 0:0.

60-daqiqa. "Real" futbolchilarining ketma-ket zarbalaridan keyin to'p himoyachilarga tegdi, so'ngra Benzema texnik xatoga yo'l qo'ydi va to'p yo'qotildi. 

59-daqiqa. Vinisius ortga qaytib, to'pni raqib oyolari ostidan tepib yubordi. 

58-daqiqa. Serxio Ramos orasida mehmonlar ustozi bilan suhbatlashishga ham ulgurmoqda. 

Xavfli vaziyat, Plea qulay vaziyatga chiqdi va zarba yo'lladi, birinchi urinish yo'liga Ramos to'g'anoq bo'ldi, ikkinchisidan keyin to'p darvoza to'riga yon tomondan tegdi. Ammo vaziyat yakuniga etgach, hakam o'yindan tashqari holat bo'lganini malum qildi. 

57-daqiqa. "Borussiya" futbolchilari bosim uyushtirishga urinishmoqda.

55-daqiqa. Markus Tyuram Valentin Lazaroning tezligiga o'ta yuqori baho berib yubordi, natijada to'p maydonni tark etdi. 

54-daqiqa. Toni Kroos o'rta masofadan zarba yo'llab ko'rdi, lekin to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.  

53-daqiqa. "Borussiya"ning xavfli hujumini Kazemiro to'xtatdi, tayanch zonasi vakili to'pni egallab olgach, raqib uni ortidan turtib yiqitdi. 

48-daqiqa. Ikkinchi golda bo'lgani kabi Rodrigo qanotdan uzatmani amalga oshirdi, Benzema bosh bilan zarba yo'lladi, lekin bu safar Zommer o'z o'rnida. 

47-daqiqa. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi "Real" to'pni ko'proq nazorat qilmoqda va raqib uchun kutilmaganda tezlikni oshirmoqda. 

Oskar Vendt va Brel Embolo tanaffusdan qaytishmadi. 

Mehmonlar tarkibida o'yinchi almashtirildi. Valentin Lazaro va Denis Zakaria o'yinga qo'shildi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'limda "Real Madrid" yaxshiroq o'yin namoyish qildi va hozircha 2:0 hisobida oldinda bormoqda. Italiyadagi o'yinda hozircha hisob ochilmagan "Inter" - "SHaxtyor" 0:0.   

Qo'shib berilgan vaqtda o'yin asosan maydon markazida o'tdi va hakam hushtagini chalib jamoalarni tanaffusga taklif etdi.

Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1-daqiqa qo'shib berildi. 

45-daqiqa. Jarima zarbasidan to'p "Real" jarima maydonchasiga etkazib berildi, Kazemiro uni qaytardi, qo'shimchasiga yon hakam o'yindan tashqari holat bo'lgani haqida xabar berdi.   

43-daqiqa. GOOOOOL!  Uzoq qamaldan keyin "Borussiya" yana to'p o'tkazib yubordi, lekin hakam avvalroq o'yindan tashqari holat bo'lganini qayd etdi. Takroriy lavhada ko'rindiki chindan to'p Modrichga kelib tushgunga qadar ofsayd bo'lgan ekan.  

42-daqiqa. CHap qanotdan hujumga qo'shilgan Ferlan Mendini faqat qoida buzish evaziga to'xtatib qolishdi. Jarimadan uzatilgan to'pga yana Benzema zarba berishga urindi, sal qolsa bunisi ham kirib ketardi. Burchak zarbasi.  

40-daqiqa. "Madrid" futbolchilari butun maydon bo'ylab to'pni bir-birlariga oshirib, mashg'ulotdagidek erkin harakat qilishmoqda va shunchaki gol emas, chiroyliroq gol urish imkonini izlayotgandek taassurot uyg'otmoqda. 

38-daqiqa. Markazda to'pni olib qo'ygan Florian Noyxaus oldinga intildi va xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, biroq mehmonlar vakili imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.   

37-daqiqa. O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Markus Tyuram boshi bilan zarba berishni uddaladi, ammo to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 

"Qirollik klubi" o'ta ishonchli o'yin ko'rsatmoqda va zarur pallalarda tezlikni oshirib, gol urib ketmoqda.  

Hozir "Borussiya" kecha tunda "Leypcig" bilan o'yinda "mazasi qochgan" "Manchester Yunayted"ning holatiga tushib qolgandek. 

32-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Yana Benzema - 2:0! Bu safar Rodrigo qanotda kutilmaganda raqibini chalg'itdi va to'pni Karimga qulay tarzda etkazib berdi, uyog'iga birinchi golni ko'rgandek bo'ldik.  

30-daqiqa. Vinisius chap qanotdan oldinga o'tmoqchi bo'ldi va burchak zarbasi ishlab oldi. 

28-daqiqa. O'yin biroz tinchlangandek. "Real" hamon to'pni raqibga imkon qadar bermaslikka urinmoqda va buni hozircha yaxshi uddalamoqda.  

26-daqiqa. Kroos to'pni o'zidan biroz qochirib yuborgandek tuyulgandi, ammo Lars SHtindl qanchalar harakat qilmasin, to'pga eta olmadi va Tonining oyog'iga zarba berdi.   

24-daqiqa. Xavfli vaziyat! Hujumda Lukas Vaskes va Benzema keragidan ortiq xotirjam harakat qilib, to'pni raqibga sovg'a qilishgach, germaniyaliklar tezkor qarshi hujum uyuushtirishdi va Alessane Plea birga-bir vaziyatda darvozani aniq nishonga ola bilmadi.   

22-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum o'ngdan chap qanotga ko'chdi va Karim Benzema jarima maydonchasiga kirib ulgurmay zarba yo'lladi, ammo himoyachi tegib to'p maydonni tark etdi.  

19-daqiqa. Hisobni ochib olgan madridliklar ishonchli harakat qilib, raqibning himoyadan chiqishidayoq variantlar qoldirmayapti. Natijada, Zommer to'pni kimga oshirishni bilmay biroz o'ylanib qoldi.  

17-daqiqa. 17-daqiqada 17-raqamli futbolchilar to'qnashuvi sodir bo'ldi va unda germaniyaliklar vakili Vendtning qo'li baland keldi.  

16-daqiqa. Markazga yaqin joyda Markus Tyuram to'p uchun kurashda Luka Modrichga nisbatan qo'pol o'ynab yubordi va hakam jarima zarbasi belgiladi.  

14-daqiqa. "Borussiya" burchak to'pi tepish imkoniyatini qo'lga kiritdi. To'pga chiqqan Kurtua ikkinchi urinishda uni ushlab oldi va tezkor hujumni boshlab berdi. 

13-daqiqa. Kazemiro maydonda yotibdi. Zidan o'ta muhim futbolchisidan ayrilishni istamasligi tabiiy.  

11-daqiqa. Markus Tyuram qulay imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Biroq himoyachilar unga imkon qadar halaqit qilib ulgurishdi va u qadar kuchli bo'lmagan zarbadan keyin Tibo to'pni qaytarib yubordi.  

9-daqiqa. GOOOOOOOOOOL! Karim Benzema tezkor gol urmoqda! Lukas Vaskesning ajoyib uzatmasidan keyin franciyalik futbolchi boshi bilan to'pni darvozaga mixlab qo'ydi!

8-daqiqa. Kurtua jarima maydonchasida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, ammo Ferlan Mendining faolligi sabab SHtindl zarba berishga imkon topa olmadi. 

7-daqiqa. Kazemiro kutilmaganda sirpanib yiqilib tushdi, mehmonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishlari mumkin edi, ammo himoyaga yordamga kelgan Vinisius qoidani buzib bo'lsada, hujumni to'xtatdi. 

6-daqiqa. Rafael Varan o'ng qanotdan oldinga o'tayotgan Lukas Vaskesni ko'rdiyu, lekin to'pni aniq etkazib bera olmadi.  

5-daqiqa. Zinedin Zidan shogirdlari bugungi o'yinda kim mezboligini ko'rsatib qo'yishga urinayotgandek. Madridliklar to'p nazoratini qo'lga olishga urinayapti. 

3-daqiqa. Uzoq davom etgan hujum Luka Modrichning o'ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatmasi bilan yakunlandi, lekin xorvatiyalikning oshirgan to'piga sheriklari eta olishmadi.  

2-daqiqa. O'z navbatida mezbonlarning birinchi urinishi ham noaniq to'p uzatishi sabab yakuniga etmay qoldi.  

1-daqiqa. "Borussiya"ning dastlabki urinishi samarasiz yakunlandi. Vaskes to'p uchun intilgan Markus Tyuramga yo'l bermadi. 

O'yin boshlandi! Uni mehmonlar boshlab berishdi! Demak, ketdik. 

Har ikki jamoa futbolchilari "Estadio Alfredo Di Stefano" o'yingohi maydoniga tushib kelishdi va musobaqa madhiyasi yangramoqda. 

Hozirgina 6-turning yana ikki bellashuvi yakuniga etdi. Natijada "Liverpul"ga mehmonda "Ayaks"ni mag'lub etgan "Atalanta" sherik bo'ladigan bo'ldi. 

Bugun bizni avvalgilaridan qolishmaydigan shou kutib turibdi. Madridda "Real" Germaniyaning "Borussiya"sini qabul qilsa, "Inter" o'z maydonida Ukraina vakili "SHaxtyor"ga qarshi bahs olib boradi.  

YANGILASH

Jamoalarning asosiy tarkiblari malum bo'lib ulgurgan. 

"Real Madrid" – "Borussiya M""Estadio Alfredo Di Stefano" stadioni

"Real Madrid" – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos, Vinisius Junior, Modrich, Rodrigo, Benzema.

"Borussiya M" – Zommer, Elvedi, Layner, Ginter, Vendt, Noyxaus, Kramer, SHtindl, Embolo, Plea, Tyuram.

 

BestMaster
10 Dekabr 2020, 03:00
real, madrid, borussiyaga, master-klass, otib, berdi, guruhda, 1-orinni, qolga, kiritdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads