Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mourinyo kimlarni maydonga tushira oladi?

2017/18 mavsumni "Manchester Yunayted" xuddi "Real Madrid" singari UEFA Superkubogi o'yini orqali boshlaydi. "The Special one"ning ushbu finalda kimlarni maydonga tushirishi juda qiziqarli xolat. Hozirda Mourinyo qo'l ostida ham teng kuchli ikkita tarkib paydo bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Ammo "MYU"ning "Real"ga qarshi o'yinda asosiy himoyachisi Erik Bayi UEFA tomonidan disklifikatsiya qilinganligi sababli maydonga tusha olmaydi. Shuningdek, bunday jazo boshqa bir markaziy himoyachi Fil Jonsda ham bor. Jarohati sababli Lyuk Shou, Markos Roxo va Eshli Yanglar ham uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq. Xuan Mata va Ander Errera AQSH turnerisida kichik jarohat olgan edi, biroq rasmiy sayt ma'lumotiga ko'ra jarohat jiddiy emas. Jamoaning so'nggi "Sampdoriya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida qandaydir sababli Serhio Romero va Jessi Lingardlar ham maydonga tushmadi.

Qaydnoma:

Darvozabonlar: De Xea, Serhio Romero, Joel Pereyra; 

Himoyachilar: Valensiya, Smolling, Lindelyof, Blind, Fosu-Mensa, Tuanzebe, Darmian;

Yarim himoya: Fellayni, Lingard, Errera, Mata, Pogba, Matich, Kerrik, Mxitaryan, A. Pereyra,;

Hujumchilar: Lukaku, Marsial, Reshford.

 

Tahminiy tarkib: De Xea; Valensiya, Smolling, Lindelyof, Darmian; Matich, Errera, Pogba, Mxitaryan, Marsial (Reshford); Lukaku.

BestMaster
7 Avgust 2017, 19:40
mourinyo, kimlarni, maydonga, tushira, oladi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 BekBarsa  
Myuga omad
7 Avgust 2017, 20:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads