Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Evropa Chempionlar ligasining omadsizlari (Top 7)

Stadion.uz ozini EChLda namoyish eta olmaydigan va bu sovrinni biror marotaba boshi uzra ko'tarmagan super yulduzlarni yodga oladi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz ozini EChLda namoyish eta olmaydigan va bu sovrinni biror marotaba boshi uzra ko'tarmagan super yulduzlarni yodga oladi.

Eden Azar

“Azar” «Chelsi»ga kechroq keldi. U kelganida, jamoa allaqachon Myunhendagi g'alabani nishonlab bo'lgan edi. Eden «Chelsi» safida EChLda juda faol to'p surgan. Gollar kiritgan, ammo bu uning g'oliblik shoxsupasiga chiqishi uchun etarli bo'lmagan.

U aslida, shu maqsad sari intildi va «Real»ga o'tdi. Afsuski, uning bu qarori futbolchining kubogini boshi uzra ko'tarish imkoniyatini yanada kamaytirib yubordi. Kutilganidek, Azar ikkinchi Ronaldu bo'la olmadi. Agar «Real» guruhdan chiqqan taqdirida ham Azarning bugungi formasi bilan musobaqada g'alaba qozonishga da'vogarlik qila olmaydi. To'g'rirog'i, birgina Azar effekti bilan chempionlikni nishonlay olmaydi. Afsuski, Ronaldusiz «Real» «Siti»dan engiladigan jamoaga aylanib qoldi. Ha aytgancha, «Siti» maydonida bo'lib o'tgan javob uchrashuvida Azar asosiy tarkibda edi…

Antuan Grizman

Afsuski, amaldagi JCh g'olibi «Barselona» tarkibiga biroz kech keldi. U kelganida, uzoq yil qala singari turib bergan tarkib «sochilib» ketishni boshlagan edi. Otgan mavsumdan so'ng, bu jamoa deyarli o'z suyanchig'larini yo'qotdi. Grizman esa, bir yil avval “Atletiko”ga sodiq ekanligi haqidagi filmda suratga tushishgan bo'lsada, «Barsa» bilan shartnoma imzoladi.

Bu qaror yakunda o'zini umuman oqlagani yo'q. Grizman uchun «Barselona» 100 million evrodan ko'proq pul sarf etdi. Bu investitsiya o'zini umuman oqlamadi. Ayni damda, birorta klub Antuan uchun 100 million evor sarf etmaydi. Uning o'zi bilmagan xolda ichki muhitga ta'sir ko'rsatishi esa vaziyatni yanada yomonlashtirib yubordi. Antuan «Barsa» safida 11 ta o'yinda ishtirok etdi va atigi 2 ta gol kiritdi xolos. Qahramonimiz autsayderlar darvozasini ishg'ol qilishi mumkin, ammo unga ham pley-offda ishonib bo'lmaydi. Kataloniya klubining barcha ishonch kreditlari hali-hamon Leo Messiga tegishli!

Serxio Aguero

«Shaharliklar» allaqachon EChLning omadsiz klubiga aylanib bo'lishdi. Pep Gvardiolaning kelishi esa, bu muammoning echimi bo'la olmadi. Qahramonimiz Pellegrini davrida jamoaning asosiy snayperi edi. Uning hal qiluvchi uchrashuvlardagi faolligi ko'p bor musobaqada «Siti»ga qo'l kelgan Afsuski, Aguero singari super hujumchisi borligiga qaramay, «Manchester Siti» «Lion», «Monako» «Liverpul» va «Tottenhem»lar to'sig'idan o'ta olmayapti.

Vaqt o'z so'zini aytishi turgan gap. Bu mavsumda Kun Agueroning tezligi birmuncha pasayib qolganini barcha angladi. Boz ustiga, o'z kuchiga bo'lgan ishonch ham biroz kamaygan. Amalga oshirilmagan penalti bunga isbot bo'la oladi. Katta ehtimol bilan, Aguero uchun EChLda zafar quchish uchun imkoniyat beruvchi so'nggi mavsum davom etmoqda.

Pol Pogba

Evropa Ligasi g'olibi, JCh g'olibi, birinchi bo'lib transferi uchun 100 million evro sarflangan futbolchi ham EChL oltin medallarini orzu qilishdan charchamayapti. Uning maydondagi mahoratiga hech qachon hech kimda shubha bo'lmagan, ammo doim professionallik borasida unga doimo savollar bo'lgan. Vaholanki, Pol maydonda hamma narsa qilishga qodir. U to'p uchun kurash olib borishi, kuchli zarba berishi, hujumchi ortida harakat qilishi mumkin.

Terma jamoa safida Pogbaning erkin harakat qilishini Kante ta'minlab bermoqda. Klubda esa, Fernandesh bilan bu tryukni amalga oshirishning imkoni yo'q. Tan olish lozim, «qizil iblislar» muxlislari Pogbaning klubni yangi darajaga olib chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarga ishonmay qo'ygan. Ularning endilikda yangi qahramonlari bor. Fernandesh Pogbadan kutilgan vazifani hozircha mohirlik bilan uddalamoqda. Vaziyatlar rivoji qanday ko'rinish olishini esa tomosha qilishda davom etamiz.

Rahim Sterling

Beyl va Modrich «Real» safida EChL oltin medallariga ega chiqa oladigan darajada osishga erishdi. Vaholanki, ular «Tottenhem» safida bu ishga qodir emas edi. Sterling bir paytlar tark etgan «Liverpul» o'sdi va EChL darajasiga ko'tarildi. «Siti» esa, «Tottenhem» tushgan ahvolda. Pul bor, ijrochilar etarli, kuchli murabbiy. Afsuski, bu omillar negadir turnirda g'alaba qozonish uchun kamlik qilmoqda. Barcha tanqid ostiga oluvchi PSJ ham hech yo'q musobaqa finalida to'p surdi. Hatto, Pochettinoning ekonom «Tottenhem»I ham finalda kurash olib bordi. Sterling esa, deyarli barcha hal qiluvchi Evropa chempionlar ligasi o'yinlarida vaziyatlarni havoga uchirish bilan band.

Killian Mbappe

Yaqindagina Kilian Evropa chempionlar ligasi oltin medallarisiz «oltin to'p»ni yutib bo'lmasligi haqida gapirgan edi. Agar futbolchi o'z orzusini amalga oshirmoqchi bo'lsa, oldinga qadam tashlashi lozim. Sababi, EChLda zafar quchish uchun Tomas Tuxelning tajribasi etmay qolishi mumkin. Afsuski, Mbappe Parij klubi safida final o'yinida yo'qolib qoldi.

Tan olish lozim, Kilianda boshqalardan ko'ra bu sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati ko'proq. U yosh va barcha grandlar e'tiborida. Boz ustiga, uning Parij klubi bilan shartnomasi ham tez orada yakunlanadi.

Kevin De Bryuyne

Grizman va Azardan farqli o'laroq, qahramonimiz ushbu sovringa ega chiqish uchun haqli futbol namoyish etmoqda. U har jabhada etakchi. Unga klub Messini olib kelishi yoki olib kelmasligining ham qizig'i yo'q. O'z kuchiga ishonch borasida belgiyalik futbolchiga hech qanday shubha yo'q. Ichki musobaqalardagi muvaffaqiyat ham unga begona emas, biroq klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqa borasida unga sira omad kelmayapti. Vaholanki, u bu sovringa ega chiqish uchun 100 foiz haqli. Agar Pep oxir-oqibat o'z niyatiga etsa, Kevin mavsum so'nggida «oltin to'p» bilan taqdirlanishi ham hech gap emas. Kilian Mbappe aytganidek, EChLsiz «oltin to'p» haqida hayol surmasa ham bo'ladi.

BestMaster
25 Noyabr 2020, 03:00
evropa, chempionlar, ligasining, omadsizlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads