Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mourinyo: Ikkinchi taymda futbolchilarim yoshlarni ko'rib ishtiyoqi yo'qoldi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo uchrashuvdan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.

"Biz uchun yaxshi mashg'ulot bo'ldi. Dastlabki bo'limda "Real"ning asosiy tarkibiga qarshi umuman boshqacha o'ynadik. O'ylashimcha, tanaffusdan so'ng madridliklar yoshlarni maydonga tushirdi, futbolchilarimda esa uchrashuvga bo'lgan ishtiyoq yo'qoldi. Ikkinchi taymda "Real" tarkibida tushgan yoshlarni ko'rib, futbolchilarimning xafsalasi pir bo'ldi. Tanafasdan so'ng jamoamga kerakli narsa ololmadim, ammo uchrashuvdan qoniqdim. Agarda Mata va Errera jarohat olmaganida umuman uchrashuv ideal tarzda yakunlangan bo'lardi. Nega 10 ta penaltidan 3 tasi gol bilan yakunlandi? Bu o'rtoqlik o'yini va to'g'risini aytsam men 11 metrlik nuqtani kim tepishini aniqlab olganim yo'q. Buni mavsum davomida aniqlaymiz. Antoni Marsial uchrashuvni ajoyib tarzda yakunladi. Agarda u har doim stabil o'yinini ushlab qolsa, ko'p narsaga erishadi. Hozirda jamoamda Marsial barchadan ko'ra ko'proq mashg'ulot o'tamoqda. Unda ajoyib iste'dod bor." - deydi Mourinyo.

 

BestMaster
24 Iyul 2017, 16:10
mourinyo, ikkinchi, taymda, futbolchilarim, yoshlarni, korib, ishtiyoqi, yoqoldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads