Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sebalosning Sevilyadan Madridga qadar bosib o'tgan yo'li

Polshada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi Dani Sebalos yangi mavsumni «Qirollik klubi»da boshlaydigan bo'ldi.

.
- Yuklab olish

Polshada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi Dani Sebalos yangi mavsumni «Qirollik klubi»da boshlaydigan bo'ldi.

Sevilya yaqinida tug'ilib-o'sgan yosh iqtidor sohibini Andalusiyaning bosh jamoasi tizimiga jalb etish mutaxassislarga ortiqcha qiyinchilik tug'dirmadi. Dani 8 yoshda «Se­vilya» akademiyasining o'quvchisiga aylandi. Biroq tez orada sevilyaliklar orzusi chippakka chiqdi - Sebalosda surunkali bronxit xastaligi aniqlangandi. Murabbiylar fikricha, bu illat Danining chinakam professional darajasiga ko'tarilishiga to'sqinlik qilardi.

Shu sababli 13 yoshli iqtidor sohibi kamtarin «Utrer»ga berib yuborildi. Bronxit asoratidan esa darak bo'lmadi. Shu sababli Sebalos «Utrer»dagi ikki yillik faoliyatidan so'ng «Sevilya»ning ashaddiy raqibi - «Betis»ga yo'l oldi. «Sevilyada juda baxtsiz edim, «Betis»dagilar esa mahoratimni munosib baholashdi», - deydi Dani yaqin o'tmishdagi faoliyati haqida.

Chindan ham o'ta qisqa vaqt ichida yarim himoyachi so'nggi o'n yillikdagi kelajagi porloq yoshlar qatoridan joy oldi, 18 yoshida klub etakchisiga aylandi. Ayniqsa, jamoa segundaga tushib ketgan 2014 yili samarali to'p surib, 5 gol muallifi bo'ldi va «Betis»ning elitaga qaytishiga katta hissa qo'shdi. Mutasaddilar esa yosh iqtidor sohibi bilan tuzilgan shartnomani 2020 yilga qadar uzaytirib, tovon pulini 15 mln. qilib belgilashdi.

Primeradagi debyut mavsumidan keyin Sebalosga «Napoli», «Arsenal», «Liverpul» va «Atletiko»dan «sovchilar» kela boshlashdi. «Real» ham o'z skautlarini yubordi. Ammo futbolchi barcha takliflarni rad etdi. Ehtimol, o'shanda Dani yangi jamoada beshinchi zaxira o'yinchiga aylanib qolishdan cho'chigandir?

Axir u «Real» va «Barsa»dan jiddiy takliflar tushgan bugungi kunda ham bir yil ijarada to'p surishiga ruxsat berishlarini so'rayaptida. Maqsadi - muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lish, to'xtab qolmaslik. Hozir Sebalos Marko Asensio va Xesus Valexo bilan birgalikda Ispaniyaning asosiy umidi bo'lib turibdi. Mazkur uchlik avvaliga U-19 toifasidagi musobaqaning finalida mukammal darajada shakllangan Germaniyaga imkoniyatni boy berdi.

So'nggi qit'a birinchiligida Sebalos 3ta uchrashuvda to'liq to'p surib, bironta gol urmadi, atigi bitta samarali uzatmani amalga oshirdi. Lekin baribir, turnirning eng yaxshi to'purari bo'lgan «Atletiko» vakili Saulni ortda qoldirib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi. Buning asosiy sababi shundaki, Polsha maydonlarida Dani yoshiga xos bo'lmagan darajada ishonchli o'yin namoyish etdi. Hattoki, imkoniyat boy berilgan nemislarga qarshi bahsda ham uni eng foydali o'yinchi sifatida e'tirof etishdi.

Italiya bilan kechgan bellashuv Sebalos uchun eng omadlisi bo'ldi. Yarim himoyachi raqiblardan bir necha marta to'pni olib qo'yib, jamoadoshlarini qulay vaziyatlarga olib chiqdi. Bir marta maydon markazidan raqib jarima maydonchasigacha reydni amalga oshirdi. Raqiblaridan ortda qolmaslikka odatlangan markaziy yarim himoyachi himoyalanishni ham, hujumga o'tishni ham risoladagidek bajara oladi. «Betis»da u ko'proq markazda to'p surardi, garchi qanotlarda ham ishonchli harakatlansada.

Sebalosning asosiy ustunligi tez fikrlay olishida. Voqealar rivojini oldindan anglab, nafaqat raqiblari, balki sheriklaridan ham tezroq fikrlaydi. Jamoadoshlari to'pni egallagan payt Dani uning qaerga uzatilishini aniqlay oladi, to'pni qabul qilmay turib, kimga uzatishini ham belgilab qo'yadi.

Ana shu xususiyati bilan Inesta va Pirloni eslatadi. «Inesta har bir ispaniyalik yosh futbolchi uchun o'rnak bo'la oladi. U maydonda ham, uning tashqarisida ham etakchi. Shu bois xoh klub bo'lsin, xoh terma jamoa o'yin sur'atini u belgilaydi», - degandi Dani shu yilning boshida.

Yosh yarim himoyachi yuksak texnika mahorati bilan ham tengdoshlaridan ajralib turadi. To'pni nazoratdan qochirmaslik, aniq mo'ljallash qobiliyati qiyin vaziyatlarda unga qo'l keladi. Uning universal o'yinchiligiga esa statistik ko'rsatkichlar orqali ishonch hosil qilish mumkin: har bir uchrashuvda o'rtacha 2,05 marta raqiblar tomonidan uzatilgan to'plarni egallab oladi, 3,3 marta to'pni ulardan olib qo'yadi.

So'nggi payt­larda «Betis» murabbiylari uni ko'proq pleymeyker pozitsiyasiga tushirishayotgandi. Futbolchi to'pni kerakli payt oldingi chiziqqa etkazib berishni, individual mahorati yordamida samarali reydlar uyushtirishni ham qoyillatadi. Qo'shimchasiga, to'psiz qanday o'ynash kerakligini yaxshi biladi. To'g'ri, deyarli barcha yosh futbolchilar kabi Sebalos ham ayrim salbiy odatlardan xoli emas. O'zining keraksiz harakatlari va yiqilishlari bilan ko'pchilik muxlislaridan ajrab qolishi mumkin.

Shuningdek, jizzakiligi uchun ko'pincha raqib o'yinchilarini muvozanatdan chiqarishga urinadi. «Tvitter»dagi bema'ni e'tiroflari evaziga u Jerar Pike kabi ko'pchilikning nafratiga duchor bo'ladigan futbolchiga aylanishi mumkin. Biroq internet hammasini biladi - Kasilyas va Karbonero sha'niga yo'llangan haqoratlar.

Yozuvlar bundan 2-4 yil avval paydo bo'lgani bois, ko'pchilik uni o'smirlarga xos sho'xlik sifatida qabul qilgan. Albatta, yosh futbolchining faoliyatida ijobiy e'tiroflar ham yo'q emas. Masalan, Messining obro'sini to'kmoqchi bo'lgan shovvozlarga Leoning 4ta «Oltin to'p» surati bilan javob qaytargandi.

Sebalos qaysi jamoani tanlashi bir hafta davomida Ispaniya nashrlarining diqqat markazida bo'ldi. «Barselona»ga Inesta o'rnini to'ldirish uchun aynan Dani Se­balos zarur edi. «Real» esa o'z o'ljasini osonlikcha berib qo'yadigan jamoa emas.

Xullas, futbolchining qarorini kutishdan zerikkan «Qirollik klubi» Dani oldiga ultimatum qo'ydi: «8 iyulga qadar o'z roziligini bildiradi yoki kelishuv barbod bo'ladi».

Sebalos shu tariqa 6 yillik shartnomaga imzo chekdi. «Real», o'z navbatida, yarim himoyachi uchun asosiy tarkibdan joy ajratishni va'da qildi. Shu tariqa jamoa mamlakatning yorqin yoshlari - Asensio, Lorente, Valexo va Sebalosni bir erga jamladi.

 

BestMaster
21 Iyul 2017, 11:10
sebalosning, sevilyadan, madridga, qadar, bosib, otgan, yoli,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads