Bu haqida "Marca" nashri xabar tarqatdi. Ular allaqachon umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishgan. Ikkala futbolchi ham La Liganing keyingi turida ("Xetafe"ga qarshi, 4 yanvar) maydonga tushmaydi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ularning sog'ligi bilan hazillashmoqchi emas. SHuningdek, yarim himoyachi Xames Rodriges ham jarohatdan to'liq tiklangani aytilmoqda.
Ular Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan Ispaniya Superkubogi doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, "Real" 8 yanvar kuni Superkubok yarim finalida "Valensiya" bilan to'qnash keladi.