Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kroos uchun eng yaxshi mavsum

"Real" yarimhimoyachisi Toni Kroos uchun joriy mavsum Madriddagi eng esda qolarli yilga aylandi. Futbolchi jamoa bilan oltin dubl qayd etishdan tashqari "Real" a'zosi sifatida o'zining eng yaxshi assistentlik va eng sermahsul mavsumini o'tkazdi.

Germaniya terma jamoasi a'zosi tarixiy mavsumda Zidan tomonidan eng ko'p ishonch bildirilgan futbilchi bo'ldi. Kroos mavsum davomida jami 4169 daqiqa maydonda harakatlangan holda Ronaldu (4126), Ramos (3988), va Marselolardan (3878) ko'proq ishonchga ega bo'ldi. Ta'kidlash joizki, Toni ushbu ishonchni oqlagan holda 14 bor jamoadoshlarini golli uzatma bilan ta'minladi. Uning uzatmalaridan so'ng Ramos 6 ta, Benzema, Varan va Pepe 2 tadan, Ronaldu hamda Morata esa bittan golga mualliflik qildilar. Kroos "Real"da o'tkazfan avvalgi dastlabki 2 mavsumida 12 (2014/15) va 8 ta (2015/16) golga assistentlik qilgan edi.

Bundan tashqari yarimhimoyachi yakunlangan mavsumda 4 ta gol kiritgan holda avvalgi ikki mavsumdagi (2014/15, 1 gol, 2015/16, 2 gol) ko'rsatgichlarini yaxshilashga erishdi.

RealBlancos

BestMaster
28 Iyun 2017, 09:15
kroos, uchun, yaxshi, mavsum,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
Nosirov
 Nosirov  
Kross ajoyib fudbolchi.
28 Iyun 2017, 17:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads