Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Kasorlaning ikkita goli «Real»ni 2 ochkodan mahrum qildi

Ispaniya La ligasining 17-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yin bo'lib o'tdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 17-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yin bo'lib o'tdi. "Real" safarda "Vilyarreal" klubi mehmoni bo'lib, muhim 2 ochkodan mahrum bo'ldi.

"Sariq suvosti kemasi", kutilmaganda, o'yinning 4-daqiqasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Santi Kasorlaning ajoyib zarbasini Kurtua qaytara olmadi. Mehmonlar esa juda tez muvozanatni tiklashdi. Oradan 3 daqiqa o'tib Vaskesning uzatmasidan keyin Benzema bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasiga kelib esa madridliklar burchak to'pi orqali oldinga o'tib olishdi. Varan bosh bilan raqib darvozasini zabt etdi. Maydon egalari tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Chukveze yakkama-yakka vaziyatdan samarali foydalana olmadi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalariga qadar to'p nazorati Solari shogirdlarida bo'ldi va ular ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Shundan so'ng ustunlik "Vilyarreal" tomoniga o'tib ketdi. Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida Fornalsning aniq uzatmasidan keyin Kasorla bosh bilan Kurtua qo'riqlayotgan darvozaga to'pni joyladi.

O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda mezbonlar qarshi hujumdan samarali foydalanishganida g'alabani ilib ketishlari mumkin edi. Biroq tomonlar o'z hisoblariga 1 ochkodan qo'shib qo'yishdi.

Jadvalda 4-o'rinda borayotgan "Real" 30 ochkoga ega bo'lgan holda, peshqadam "Barselona"dan 7 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya La ligasi, 17-tur
Vilyarreal – Real Madrid 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 4 Kasorla, 1:1 – 7 Benzema, 1:2 – 20 Varan, 2:2 – 82 Kasorla.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Layyun, Ruis, Fornals, Xavi Fuego (Trigeros, 82), Chukvueze, Kaseres (Toko-Ekambi, 63), Kasorla, Moreno (Bakka, 68).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Valverde, 64), Kazemiro, Vaskes, Kroos (Vinisius Junior, 86), Beyl (Isko, 46), Benzema.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (41), Alvaro Gonsales (45), Ramos (89), Kosta (90).

BestMaster
4 Yanvar 2019, 03:40
liga, kasorlaning, ikkita, goli, «real»ni, ochkodan, mahrum, qildi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads