Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Krishtianu Ronaldu: «Jamoaviy yutuqlar yakunda «Oltin to'p»ni yutishimga imkon berdi»

«Oltin to'p»ni 5-marta boshi uzra baland ko'tarib, bu borada nihoyat, Lionel Messiga tenglashib olgan portugaliyalik benazir goleador - Krishtianu Ronaldu navbatdagi zafarini ham o'zgacha nishonladi.

.
- Yuklab olish

«Oltin to'p»ni 5-marta boshi uzra baland ko'tarib, bu borada nihoyat, Lionel Messiga tenglashib olgan portugaliyalik benazir goleador - Krishtianu Ronaldu navbatdagi zafarini ham o'zgacha nishonladi.

U shuning barobarida xorijlik kasbdoshlarimizning turli savollariga xushchaqchaq holda javob qaytardi.

Eyfel minorasi

- Bu galgi taqdirlash marosimi betakror lahzalarni ulashdi: ha, biroz sovuq, lekin hammasi qoyilmaqom darajada!

G'alaba shukuhi

- O'ta baxtiyorman - bunday g'aroyib onlarni uzoq kutdim. Muhimi, butun mavsum davomida ajoyib o'ynadik - ChL va La-ligada g'olib chiqdik, o'zim xalqaro turnir to'purari bo'ldim. Mazkur yutuqlar yakunda «Oltin to'p» yutishimga imkon berdi.

Shunday ekan, avvalo, «Real» va terma jamoadagi barcha do'stlarimga ulkan minnatdorchilik izhor etishim kerak. Ular, shuningdek, ko'plab mutaxassislar yordami bilan shunday martabaga erishdim. Barchaga rahmat!

Kichik Krishtianu

- Uning ijrosidagi jarima zarbalaridan hayratdaman. Nazarimda o'g'lim qandaydir alohida xususiyatlarga ega. Hozircha o'z holicha o'ynashiga imkon beraman, nimanidir o'rgatishdan tiyilaman. Axir o'g'lim hali bolakay.

Murabbiylarga ehtirom

- Har qanday murabbiydan nimanidir o'rganish mumkin. Fergyuson, Zidan, Santush va Anchelotti kabi mutaxassislar bilan ishlaganim - baxtimning kulgani.  Ulardan qandaydir yangi harakatlarni o'zlashtirganman.

Oila a'zolarim va klub prezidentiga ham rahmat. Tabiiyki, doimo eng yaxshi bo'lishga intilaman. Murabbiy - jamoa etakchisi va uni hamisha hurmat qilish zarur. Barcha ustozlarim chinakam namuna bo'lishdiki, shunday nufuzli sovrinlarga erishdik, erishyapmiz.

«PSJ» masalasi

DAVOMI

BestMaster
17 Dekabr 2017, 14:20
krishtianu, ronaldu, «jamoaviy, yutuqlar, yakunda, «oltin, top»ni, yutishimga, imkon, berdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 15
<< 1 2
 xatlon  
Роналду зурларни зури
17 Dekabr 2017, 14:47
criroking
 criroking  
Davomi qani
17 Dekabr 2017, 20:10
criroking
 criroking  
Bizning qirol hammaga örnak böla oladi
17 Dekabr 2017, 20:11
criroking
 criroking  
Bizning qirol hammaga örnak böla oladi
17 Dekabr 2017, 20:12
criroking
 criroking  
U har doim öz ustida iwlagan yuqori natijalarga eriwib kelgan
17 Dekabr 2017, 20:13
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads