Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Klublar o'rtasidagi JCh. «Real» qiyinchilik bilan finalga yo'l oldi

Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatida klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqasining yarim finalidan o'rin olgan “Al-Jazira” - “Real” uchrashuvi yakuniga etdi. 

.
- Yuklab olish

Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatida klublar o'rtasidagi jahon chempionati musobaqasining yarim finalidan o'rin olgan “Al-Jazira” - “Real” uchrashuvi yakuniga etdi. Unda “Real” qiyinchilk bilan “Al-Jazira”ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

“Real” birinchi bo'limning o'zida deyarli 20 ga yaqin zarba yo'lladi biroq o'z maqsadiga eta olmadi. “Al-Jazira”ning kam sonli hujumlaridan biri esa 41-daqiqaga kelib gol bilan yakun topdi. Gol muallifi Romarino.

O'yinning ikkinchi bo'limi boshlanishi bilan “Al-Jazira” qarshi hujumga chiqib ketdi va yakunda Ali Mabhut darvozabon Keylor Navas bilan yakkama yakka chiqdi va offsaydda qolgan sherigiga pas berdi va u “Real”darvozasiga to'p kiritgandi. Biroq yuqorida aytib o'tganimizdek, Bussufaning offsayda qolgani sabab ushbu gol inobatga olinmadi. Oradan yana biroz vaqt o'tib, Krishtianu Ronaldu “Al-Jazira” himoyachilarining xatosidan keyin oradagi farqni qisqartirdi. 1:1. 81-daqiqada Garet Beyl zaxiradan maydonga tushdi va o'z qaytishini gol bilan nishonladi. 1:2. O'yin yakuniga qadar yana bir qancha xavfli vaziyatlar sodir etildi. Ammo o'yinning yakuniy natijasi aynan mana shunday hisob bilan yakun topdi va “Real” hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p suradigan “Al-Jazira” klubini mag'lubiyatga uchratib, finalda “Gremiu” bilan o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Klublar o'rtasidagi JCh. 1/2 final.

Al-Jazira OAE – Real Madrid Ispaniya 1:2.

Gollar: 1:0 – 41 Romarino, 1:1 – 53 Ronaldu, 1:2 – 81 Beyl.

Al-Jazira – Xasif (Saif, 51), Fares Djuma, Ayed, Omar, Al-Xammadi (Al-Otayba, 60), Yusef (Al-Gilani, 72), Rashid, Bussufa, Fayez, Mabxut, Romarino.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Nacho, Modrich, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kovachich (Vaskes, 68), Ronaldu, Benzema (Beyl, 81).

Ogohlantirishlar: Ayed (68).

BestMaster
14 Dekabr 2017, 00:10
klublar, ortasidagi, «real», qiyinchilik, bilan, finalga, oldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 14
<< 1 2
criroking
 criroking  
Endi gremio qoldi
14 Dekabr 2017, 00:11
criroking
 criroking  
U jamoani ham mahv etsak
14 Dekabr 2017, 00:12
criroking
 criroking  
Kubok bizniki
14 Dekabr 2017, 00:12
criroking
 criroking  
Bunga wanba oqwomida aniqlik kiritamiz
14 Dekabr 2017, 00:13
<< 1 2
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads