«Real» yozgi transfer paytida «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann bilan o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirayotgandi. The Sun tarqatgan xabarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresga rad javobini berib, «Manchester Yunayted»ga o'tmoqchi ekanini aytgan. Manbaga ko'ra, Grizmanning har qanday transferi faqat «matraschilar» bosh murabbiyi Diego Simeonening roziligi bilan amalga oshiriladi.Hujumchi ushbu mavsumda "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi va 11ta golga uzatma berdi. Transfermarkt Grizmanning transfer narxini 80 million evroga baholagan.