Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Bolaparvar «gallaktikos» yoxud «Real»ning serfarzand yulduzlari

Serfarzandlar klubiga xush kelibsan, Ronaldu! 4-marta otalik baxtiga musharraf bo'lgan Krishtianu «Real» tarixidagi ko'p bolali futbolchilarning katta guruhiga qo'shildi.

.
- Yuklab olish

Serfarzandlar klubiga xush kelibsan, Ronaldu! 4-marta otalik baxtiga musharraf bo'lgan Krishtianu «Real» tarixidagi ko'p bolali futbolchilarning katta guruhiga qo'shildi.

Bitta qiziqarli fakt: millionlar o'yinidagi eng mashhur serfarzandlar qaysidir jihat bilan «Real Madrid»ga bog'lanishgan. Nahotki, bu ham Florentino Peres xohishi bo'lsa?

Harqalay, «Qirollik klubi» sharafini himoya qilishgan turli millat vakillari bu borada ham kelishib olishgandek, go'yo.

To'g'ri, buning sababini qidirish noo'rin - har bir mashhur nom yoki «Oltin to'p» egasining shaxsiy oila masalasida o'z tarixi bor.

Ronalduning ushbu safga qo'shilgani esa «galaktikos»ning boshqa bolaparvar otalari haqida alohida hikoya qilishni taqozo etdi.

Luish Figu (Portugaliya) - uch qiz. Maqolani farzandlar soniga qarab, tartib bo'yicha boshlasak, avvalo, Luish Figuga to'xtalish kerak. Xalq orasida bunday otalarga «zargar» sifati ishlatiladi.

Portugaliyalik yulduz 3 nafar qiz farzandning otasi. Ularning barchalari Luish va shvetsiyalik model Xelen Svedinning baxtiyor oilasida tug'ulib-ulg'ayishdi.

Daniela 1999 yili tavvallud topgan, Figu o'sha vaqt «Barselona» sardori edi va «Kamp Nou» muhabbati aro suzardi. Martina va Stela esa yulduz futbolchi mojaroli tarzda Madridga ko'chib o'tganidan keyin dunyoga kelishgan.

Xabi Alonso (Ispaniya) - bir o'g'il + ikki qiz. Xabi Alonso turmush o'rtog'i bilan yoshligida tanishgan. Baskoniyalik hurliqo Nagora Aranburu shovqinli Gipuskoa provintsiyasidan. Baxtiyor juftlik 3 nafar farzandni tarbiyalamoqda.

Ularning to'ng'ichi - Yonchu Angliyada tug'ilgan, ya'ni Xabi «Liverpul» safida javlon urgan vaqtda. Ushbu voqea sabab, yarim himoyachi «qizillar»ning ChL doirasida «Inter»ga qarshi kechgan safar o'yinlarini o'tkazib yuborgan ekan.

O'xshashlikni qarang, Alonso «Madrid» libosini kiyganidan keyin xuddi Figu kabi 2 nafar qizli bo'ldi - Ana va Emma ahil oilani shodlikka to'ldirishdi.

Fernando Morentes (Ispaniya) - bir o'g'il + uch qiz. «Real»ning mohir to'purari to'ng'ich farzandiga o'z ismini bergan - Fernando. U tug'ilgan payt futbolchi qallig'i Mariya Viktoriya Lopes bilan hali rasman oila qurgan emasdi.

Oradan yarim yil o'tgach, 2003 yilning dekabrida juftlikning to'yi bo'ldi. Keyin birin-ketin qizlar dunyoga kelishdi - Lyusiya, Gabriella va Martina. Ayni payt Fernandoning kenja qizi 10 yoshda.

Maykl Ouen (Angliya) - bir o'g'il + uch qiz. Angliyalik futbolchi «Santyago Bernabeu»da atigi bir mavsum to'p surgan, xolos. Maykl namunaviy oila boshlig'i sifatida ham nom qozongan. U Luiza Bonsall bilan maktab davrida, boz ustiga, boshlang'ich sinfda o'qiganida tanishgan.

Angliya futbolining «tilla bola»si atigi 8 yil ichida 4 marta otalik baxtiga muyassar bo'ldi: Jemmi Roza 14 yoshda, Jeyms Maykl 11 yoshda, Emila Mey 10 yoshda va Jessika 7 yoshda. Aytishlaricha, Maykl Ouen shaxsiy otxonasidagi ishlar yoki poygalardan bo'shagani hamono farzandlari yoniga oshiqadi.

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) DAVOMI

BestMaster
1 Dekabr 2017, 12:30
bolaparvar, «gallaktikos», yoxud, «real»ning, serfarzand, yulduzlari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 21
<< 1 2 3
Crishtiano
 Crishtiano  
Sho'x bolalar ekanda
1 Dekabr 2017, 13:51
<< 1 2 3
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads