Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Marko Asensio “Tottenxem”ning qiziqish doirasiga tushib qoldi deb xabar beradi Marca nashri.
Angliya klubi ushbu futbolchi bo'yicha “Real” bilan bog'landi. Biroq, ispaniyalik futbolchining o'zi ushbu taklifga rad javobini berdi.
Shunday bo'lsada, 22 yoshli futbolchiga “shporlar” bosh murabbiy shaxsan qiziqmoqda.