"Real" yarimhimoyachisi Alvario Odriosola Santiago Solari bilan "SSKA"ga qarshi o'yin oldidan press-konferensiyada qatnashdi.
"Men o'zimni juda ajoyib xis etmoqdaman. Mening orzuyim "Real" safida o'ynash edi. Hozir hammasi joyida: gol kirita oldim, 3 ta golga assistentlik qildim. Bu men uchun ajoyib natija. Jamoaga foydam tegayotganimdan xursandman.
Men ertaga jamoam libosida Chempionlar Ligasida "Santiago Bernabeu"dagi debyutimni o'tkazaman. Men uchun ham jamoam uchun ham juda muhim o'yin. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ajoyib.
Lopetegidan juda minnatdorman. Bu yerda bo'lishimga asosiy sababchilardan biri u. Afsus endi u biz bilan emas. Solari kelganidan so'ng men ko'proq amaliyotga ega bo'lmoqdaman. Jamoaga yordam berish uchun yanada yaxshiroq mehnat qilishga tayyorman.
Krishtianu Ronalduning fikrini xurmat qilaman. U "Real" afsonasi, lekin barchasi o'tginchi. Nima degan bo'lsa, bu uning ishi. Biz "Real Madrid", bir oilamiz. Bu yerda kuchli futbolchilar, jahon chempionlari yig'ilgan. Biz birlashib doimo bir-birimizni qo'llaymiz".
Bobojonov