«Barselona» vitse-prezidenti Karles Vilarrubi jamoa hujumchisi Lionel Messiga nisbatan qo'llanilgan qamoq jazosini 252 ming evro miqdoridagi jarimaga aylantirilgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Agar boshqa futbolchi bilan xuddi shunday vaziyat yuzaga kelganida qarorning bunday o'zgarishini tasavvur qilishim qiyin edi. Hozir ro'y berayotgan va kelajakda ro'y beradigan voqealarning barchasi bir maqsad yo'lida qilinmoqda: Krishtianu Ronaldu sudlanuvchilar qatorida bo'lmasligi uchun.
Sudlanuvchilar qatorida Ronalduning surati paydo bo'lishini ular istashmaydi. Messi esa bu jarayonning barchasidan o'tdi.
Ronaldu ham xuddi Messi kabi aybsizlik prezumptsiyasiga ega. Lekin Messi haqida shunday gaplarni gapirishdiki, go'yoki u mafiya olami yoki uyushgan jinoyatchilik guruhi boshlig'i.
Endi esa soliq idorasi boshlig'i Ronalduga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasiga chaqirmoqda», – skazal Vilarrubi.