“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kutilmagan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“So'zsiz, Turin Madriddan yaxshiroq. Aholi kam, ammo ajoyib. Menga shahar, odamlar va jamoa yoqdi. Takliflar ko'p edi, lekin men aynan “Yuventus”ni tanladim, chunki bu buyuk tarixga ega ajoyib klub. “Yuventus” boshqa klublardan ko'p jihatlari bo'yicha, xususan, men bilan munosabati bo'yicha ham yaxshiroq. Jamoa bilan munosabatlarim a'lo darajada. To'g'ri qaror qabul qilganimga mutlaqo aminman. Italiyada matbuot men bilan yaxshi munosabatda, bu erda hayot Ispaniyaga qaraganda ancha tinch, qolaversa, bu chempionatlarning darajasi ham bir xil”, dedi Ronaldu.