Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng «dahshatli» derbilar. Top-7

Kecha oqshom Libertadores kubogining finalida Argentinaning ikki jamoasi «River Pleyt» va «Boka Xuniors» jamoalari o'zaro to'qnash keldilar.

.
- Yuklab olish

Kecha oqshom Libertadores kubogining finalida Argentinaning ikki jamoasi «River Pleyt» va «Boka Xuniors» jamoalari o'zaro to'qnash keldilar. Buenos-Ayres shahrining bu ikki klubi bir-biriga azaliy raqib bo'lib, ular ishtirokidagi o'yinlarga «Argentina superklasiko»si deb nom berilgan. Keling, muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo'ladigan jahondagi derbilarga to'xtalib o'tamiz.

7-o'rin. «Real Madrid»- «Atletiko Madrid»
«Real» va «Atletiko» jamoalari qanday turnirda to'qnash kelishmasin, bu uchrashuvlar o'ta yuqori tempda o'tadi. Madrid shahrining shimolida joylashgan «Real»ga asosan shaharning boy qatlami muxlislik qilsa, «Atletiko»ni shaharning janub qisimidagi mehnatkashlar qo'llab-quvvatlaydi. Eng qizig'i shundaki, «Atletiko» muxlislari derbilarda ko'pincha raqib jamoa muxlislaridan faolroq bo'lishadi.

6-o'rin. «Everton» – «Liverpul»
Mersisayd derbisinig tarixi ancha uzoq. Aslida «Everton» «Liverpul»dan avvalroq tashkil topgan. Hatto «Liverpul»ning hozirgi uy stadioni ham aslida «Everton»ga tegishli bo'lgan. Jamoa yangi shaharga ko'chib o'tganida bir yo'la baza stadioniga joylashadi. Bo'sh qolgan «Enfild»ni «Liverpul» darrov egallaydi. Mana shuning uchun ham «Everton» muxlislari «qizillar»ni hali hamon yoqtirishmaydi. Jamoalarning to'qnashuvlari ham shunga yarasha kurashlarga boy o'tadi.

5-o'rin. «Boka Xuniors»- «River Pleyt»
Janubiy Amerikaning «Superklassiko»si deya ataladigan ushbu o'yinni Amerika jurnallaridan biri «Albatta ko'rish kerak bo'lgan 50 ta o'yindan biri», — deya izohlagan edi. Darhaqiqat, shu ikki jamoa to'qnash kelganda hisob-kitoblar bo'yicha Argentina aholisining 70 foizi o'yinni to'g'ridan-to'g'ri TV orqali tomosha qiladi. So'zimizning yaqqol isboti deya bu mavsumdagi «Libertadores» kubogi finalini keltirish mumkin. Muxlislarni jilovlay olmagach, o'yin mutasaddilari finalning javob o'yinini Evropaga ko'chirishga majbur bo'lishdi.

4-o'rin. «Milan» - «Inter»
Bu jamoalar to'qnashuviga ortiqcha izoh berishning, chamamda, hojati bo'lmasa kerak. Jamoalarning mehr-oqibatlari shunchalar «kuchli»ki hatto bitta stadionda uy o'yinlarini o'tkazishsa ham stadion nomini ikki xil atashadi. Eng qizig'i, 2003 yilda bu ikki jamoa EChL yarim finalida to'qnash kelishadi. «Juzeppe Meatstsa» stadionida 1:1 hisobi qayd etiladi. Bir haftadan so'ng javob o'yinida «San-Siro»da hisob ochilmaydi — 0:0. «Milan» «mehmon»da urilgan go'l evaziga finalga chiqadi va finalda «Yuve»ni penaltilar seriyasida engadi.

3-o'rin. «Manchester Yunayted» - «Manchester Siti»
Hozirgi kunda dunyoning eng katta byudjetli derbisi deya bemalol ayta olamiz. Shaharni ikkiga bo'lib yuboradigan o'yin bu! Eng qizig'i, «Siti» «Yunayted»dan avvalroq tashkil topgan. 20-asr o'rtalarida bu jamoalarning to'qnashuvlari judayam ayovsiz bo'lgan ekan. Xiyla ustunlik «shaharliklar» tomonida ham bo'lgan ekan. Lekin 20-asrning oxirlariga yaqinlashgach, Fergi bobo «qizil iblislarni» top-klubga aylantirib yubordi. Shundan so'ng bu jamoalar o'rtasidagi «klass»da farq sezilib qola boshladi. 21-asrning boshlarida esa «shaharliklar»da yangi investor paydo bo'lgach, ishlar ancha yurishib ketdi. Sheyxlarning pullari osmonga uchib ketmadi. Asta-sekinlik bilan «Siti» ko'tarilishni boshladi va mana hozir «Yunayted» bilan yana avvalgidak tengma-teng kurashmoqda.

2-o'rin. «Fenerbahche» - «Galatasaroy»
Mana buni derbi deb emas, bemalol jang desak ham bo'ladi. Chunki Evropada muxlislarning eng ko'p to'polonlari aynan shu o'yinda kuzatilgan ekan. Bu jamoalar haqida qiziqarli faktlar ko'p. «Fener» Istanbulning Osiyo qit'asidagi erlarida joylashgan bo'lsa, «Galatasaroy» Evropa qit'asida joylashagn. Eng qizig'i, bu ikki klubni dengiz suvlari bir-biridan ajratib turadi. Deyarli ikki qit'ada joylashagan bir shaharning ashaddiy dushmanlari desak ham bo'ladi. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinda 132 detsibelga teng shovqin ko'tarilgan. Bu reaktiv samolyotning ovozi bilan teng degani! «Fener»- «Galatasaroy» uchrashuvi faqat janjallar bilan esda qoladi desak, xato qilamiz. Chunki bu jamoalar to'qnashuvida kamdan–kam hollarda natija uchun o'yin bo'ladi. Qolgan payt haqiqiy tomoshabop futbol namoyish etishadi. Bir vaqt topib albatta ko'ring, bu shunga arziydi!

1-o'rin. «Glazgo»- «Seltik»
Mana bu printsipial raqiblarga alohida to'xtalamiz. Ular bejiz bizning top-7ligimizda birinchi pog'onani zabt etishmadi. Keling, batafsil to'xtalsak. 19-asrning boshlarida Irlandiyada ommaviy ochlik tarqaladi. Irland xalqi jon saqlab qolish ilinjida ommaviy Shotlandiyaga ko'chib kela boshlaydi. Biroz vaqt otgach, Shotlandiya poytaxtiga muqim joylashib olishadi. 19-asr oxirida shotlandlar «Glazgo» jamoasiga asos solishadi. Irlandlar ham ko'p o'tmay o'zlarnig «Seltik» jamoasini tuzishadi. Ular klublarida iloji boricha Irlandiya bayrog'ini aks ettiradigan ranglardan foydalanishadi. Hatto hozirda ham «Seltik» jamoasi muxlislari o'yinlarga Irlandiya tug'ini olib kirib hilpiratib turishadi. Bu esa shotlandlarda g'azab uyg'otadi. Asrlar o'tsa ham bu g'azab zarracha so'nmagan. Hali beri so'nmasa ham kerak!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

BestMaster
10 Dekabr 2018, 12:50
«dahshatli», derbilar, top-7,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 ben09  
Toshkent derbesi ham qo`shilsa yaxshi bo`lardi
10 Dekabr 2018, 14:56
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads