Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Eng «Dahshatli» derbilar. Top 7

Mana bu printsipial raqiblarga alohida to'xtalamiz.

.
- Yuklab olish

 7- o'rin«Real Madrid»- «Atletiko Madrid»

«Real» va «Atletiko» jamoalari qanday turnirda to'qnash kelishmasin, bu uchrashuvlar o'ta yuqori tempda o'tadi. Madrid shahrining shimolida joylashgan «Real»ga asosan shaharning boy qatlami muxlislik qilsa, «Atletiko» nishaharning janub qisimidagi mehnatkashlar qo'llab-quvvatlaydi. Eng qizig'I shundaki, «Atletiko» muxlislari derbilarda ko'pincha raqib jamoa muxlislaridan faolroq bo'lishadi.

6-o'rin«Everton» – «Liverpul»

Mersisayd derbisinig tarixi ancha uzoq. Aslida” Everton” «Liverpul»dan avvalroq tashkil topgan. Hatto «Liverpul» ning hozirgi uy stadioni ham aslida «Evertonga» tegishlibo'lgan. Jamoa yangi shaharga ko'chib o'tganida bir yo'la baza stadioniga joylashadi. Bo'sh qolgan «Enfild»ni «Liverpul» darrov egallaydi. Mana shuning uchun ham «Everton» muxlislari «Qizillarni» hali-hamon yoqtrishmaydi. Jamoalarning to'qnashuvlari ham shunga yarasha kurashlarga boy o'tadi.

5- o'rin. «Boka»- «River»

Janubiy Amerikaning «Super Klassiko»si deya ataladigan ushbu o'yinni Amerika jurnallaridan biri «Albatta ko'rish kerak bo'lgan 50 ta o'yindan biri».- deya izohlagan edi. Darhaqiqat, shu ikki jamoa to'qnash kelganda hisob-kitoblar bo'yicha Argentina aholisining 70 foizi o'yinni to'gridan-to'gri TV orqali tomosha qiladi.So'zimizning yaqqol isboti deya bu mavsumdagi «Libertadoris» kubogi finalini keltirish mumkin. Muxlislarni jilovlay olmagach, o'yin mutasaddilari finalning javob o'yinini Evropaga kochirishga majbur bo'lishdi.

4- o'rin «Milan»- «Inter»

Bu jamoalar to'qnashuviga ortiqcha izoh berishning, chamamda, hojati bo'lmasa kerak. Jamoalarning oqibatlari shunchalar «Kuchli»ki hatto bitta stadionda uy o'yinlarini o'tkazishsa ham stadion nomini ikki xil atashadi. Eng qizig'I 2003- yilda bu ikki jamoa Chl yarim finalida to'qnash kelishadi. «Jozzepe Miatsi» stadionida 1-1 hisobi qayd etiladi. Bir haftadan so'ng javob o'yinida «San-siro» da hisob ochilmaydi 0-0.«Milan» «Mehmon»da urilgan go'l evaziga finalga chiqadi va finalda «Yuve» ni penaltilar seriyasida engadi.

3-o'rin «Manchester Yunayted»- «Manchester Siti»

Hozirgi kunda dunyoning eng katta budjetli derbisi deya bemalol ayta olamiz. Shaharni ikkiga bo'lib yuboradigan o'yin bu!. Eng qizig'I «Siti» «Yunayted» dan avvalroq tashkil topgan. 19-asr o'rtalarida bu jamoalarning to'qnashuvlari judayam ayovsiz bo'lgan ekan. Hiyla ustunlik «Shaharliklar» tomonida ham bo'lgan ekan. Lekin 19-asrning oxirlariga yaqinlashgach, Fergi bobo «Qizil iblislarni» top klubga aylantirib yubordi. Shundan so'ng bu jamoalar o'rtasidagi «klass»da farq sezilib qola boshladi. 21- asrning boshlarida esa «shaharliklar»da yangi investor paydo bo'lgach ,ishlar ancha yurishib ketdi. Sheyxlarning pullari osmonga uchib ketmadi. Asta- sekinlik bilan «Siti» ko'tarilishni boshladi va mana hozir «Yunayted» bilan yana avvalgidak tengma-teng kurashmoqda.

2- o'rin «Fenerbahchi»- «Galatasaroy»

Mana buni derbi deb emas, bemalol jang desak ham bo'ladi. Chunki Evropada muxlislarning eng ko'p to'polonlariaynan shu o'yinda kuzatilgan ekan. Bu jamoalar haqida qiziqarli faktlar ko'p. «Fener» Istanbulning Osiyo qit'asidagi erlarida joylashgan bo'lsa, «Galatasaroy» Evropa qit'asida joylashagn. Eng qizig'I bu ikki klubni dengiz suvlari bir-biridan ajratib turadi. Deyarli ikki qit'ada joylashagan bir shaharning ashaddiy dushmanlari desak ham bo'ladi. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinda 132 DB ga teng shovqin ko'tarilgan. Bu reyaktiv samalyotning ovozi bilan teng degani! «Fener»- «Galatasaroy» uchrashuvi faqat janjallar bilan esda qoladi desak, hato qilamiz. Chunki bu jamoalar to'qnashuvida kamdan –kam hollarda natijaga o'yin bo'ladi. Qolgan payt haqiqiy tomoshabop futbol namoyish etishadi. Bir vaqt topib albatta ko'ring bu shunga arziydi!

1-o'rin «Glazgo»- «Seltik»

Mana bu printsipial raqiblarga alohida to'xtalamiz. Ular bejiz bizning top 7 ligimizda birinchi pog'onani zabt etishmadi. Keling, batafsil to'xtalsak. 18- asrnig boshlarida Irlandiyada ommaviy ochlik tarqaladi. Irland xalqi jon saqlab qolish ilinjida ommaviy Shotlandiyaga ko'chib kela boshlaydi. Biroz vaqt otgach, Shotlandiya poytaxtiga muqim joylashib olishadi. 18- asr oxirida shotlandlar «Glazgo» jamoasiga asos solishadi. Irlandlar ham ko'p o'tmay o'zlarnig «Seltik» jamoasini tuzishadi. Ular klublarida iloji boricha Irlandiya bayrog'ini aks ettiradigan ranglardan foydalanishadi. Hatto hozirda ham «Seltik» jamoasi muxlislari o'yinlarga Irlandiya tug'ini olib kirib hilpiratib turishadi. Bu esa shotlandlarda g'azab uyg'otadi. Asrlar o'tsa ham bu g'azab zarracha so'nmagan. Hali beri so'nmasa ham kerak!

BestMaster
10 Dekabr 2018, 12:10
«dahshatli», derbilar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads