“Real” bosh murabbiyi Santyago Solari “Ueska”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bugun ob-havo omilli bizga ancha halaqit berdi. Shamol bizning o'yinimizni chiroyini tortib oldi. To'pni nazorat qilish qiyin bo'ldi ayniqsa uzatmalarni oshirish juda murakkab bo'ldi.
Nima ham qilar edik, ba'zida o'yinlar shunday sharoitda o'tadi. Bu to'siqlarni engib o'tish kerak bu bizning xarakterimizni sinovdan o'tkazadi.
O'yin bir muntazamda o'tdi. Kerakli vaqtda gol urdik va mustahkam himoyalandik.
Juda shiddatli va shamolli bo'ldi. Bugun hattokki ob-havo ham mezbonlarning foydasiga ishlab berdi”, - deydi Solari.