Evropa milliy chempionatlari ta'tilga chiqib ketgan bo'lsa-da, futbol muxlislari aslo zerikib qolishayotgani yo'q. Dastlab Ispaniya soliq idorasi va prokuraturasi "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga ayblov e'lon qildi. Undan so'ng esa portugaliyalik futbolchi Madridni tark etishga qaror qilgani haqidagi xabar hammayoqni bosib ketdi. Bunday xabarlar haligacha tin olayotgani yo'q. Ronalduning "Real" tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga mashhur insonlar tomonidan ham turli munosabatlar bo'lmoqda.
Xullas, NTVga qo'ysang ham Ronaldu, RenTVga olsang ham Ronaldu, dazmolni yoqsang ham Ronaldu mavzusi...