"River Pleyt" prezidenti Rodolfo D'Onofrio futbolchisi Ezekel Palasiosning "Real Madrid"ga o'tishi haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bir necha kun oldin men Florentino Peresga bizni "Santiago Bernabeu"da uchrashuv o'tkazishimizga rozi bo'lganligi uchun minnatdorchilik bildirdim. Ayni damda biz Palasios borasida muzokara o'tkazayotganimiz yo'q. Ammo tahminan 20 kun oldin Emilio Butragenyu futbolchi haqida bizdan ma'lumot so'radi.
Biz transferni to'sib qo'ya olmaymiz, muzokaralar uchun har doim eshigimiz ochiq. Qachonki sening futbolching "Madrid"ga o'tayotgan ekan bu sening klubingni obrosidir", - deydi D'Onofrio.
Bobojonov