Madridning “Real” klubi hujumchisi Mariano Dias Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichidan o'rin olgan “Melilya”ga qarshi bahsda jarohat oldi.
Ishonchli manbalarning xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi mushaklaridan jarohat olgan. Futbolchining jarohati tafsilotlari tibbiy ko'rikdan so'ng aniq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Dias endigina jarohatidan tiklanib safga qaytgan edi. U joriy mavsum “Real” safida 10 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan.