«Milan» va «Real» klublari yarim himoyachi Xames Rodrigesning transferi yuzasidan (60 million evro) kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Italiyalik jurnalist Jovanni Kapuano xabar tarqatishicha, milanliklar moliyaviy muammolar tufayli Kolumbiya terma jamoasi futbolchisini xarid qila olmaydilar. Shu bois, «Milan» faqat ijara variantini ko'rib chiqmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, Xames «rossoneri» safida bir yil davomida to'p surishi mumkin.
Yakunlangan mavsumda Xames barcha musobaqalarda jami 33ta o'yinda maydonga tushib, ularda 11ta gol urdi va 13ta golga uzatma berdi.