Angliyaning Evening Standard nashri xabariga ko'ra Portugaliyalik mutaxasis Joze Mourinyo Madridning "Real" klubiga qaytishi mumkin. Ispaniyaliklar yana bir bor Joze jamoani boshqarishini xohlashmoqda.
Mourinyoning o'zi ham bunga qarshi emas. Joze Florentino Peres uning "MYU"dagi omadsizliklardan qutqarishiga ishonadi. Albatta "special one"ning Madridga qaytishini shaxsan Florentinoning o'zi xohlamoqda.
Mourinyoning "mankunian"liklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanishiga bir yarim yil bor. Agarda "qizil iblislar" Mourni bo'shatishsa unga katta miqdorda jarima to'laydi, murabbiyning o'zi xohishi bilan klubdan ketadigan bo'lsagina "Manchester" jarima to'lamasligi mumkin. Hozirda Mourinyo va "MYU" rahbarlari o'rtasida transferlar borasida ziddiyat yuzaga kelganligi aytib o'tilmoqda.
Bobojonov