“Real” yarim himoyachisi Isko yana bir grand klublarning na'zariga tushdi.
“Manchester Siti” ortidan ispaniyalik futbolchiga “Bavariya” va “Yuventus” klublari qiziqish bildirishni boshladi.
Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uzoq vaqtdan beri Iskoni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
Myunxenliklar esa 26 yoshli futbolchini Aren Robben, Frank Riberi va Xames Rodrigesga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.