Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko qishda jamoasini o'zgartiradi. Futbolchi madridliklar safini tark etmoqchi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi “Manchester Siti” bilan kelishib olgan. Shuningdek, Isko jamoani tark etishini jamoadoshlariga ham aytgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Isko jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan o'rtalarida nizo kelib chiqgani haqida xabar bergan edik.