Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik murabbiyi Joze Mourinoni jamoaga qaytarmoqchi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres yana portugaliyalik murabbiyni jamoada ko'rmoqchi. Mourino 2010-2013 yillari “Real”ni boshqargandi.
Eslatib o'tamiz, ayni damda Mourino mankunianliklar bilan ishlari yurishmayapti. Uning jamoasi 14-turdan so'ng 8-o'rinda bormoqda. Uning “MYu” bilan shartnomasi 2020 yil yozigacha mo'ljallangan.