Braziliyalik himoyachi Dani Alves ushbu yozda "Yuventus"ni tark etadi va turinliklar uning o'rnini boshqa bir braziliyalik futbolchi Danilo bilan to'ldirmoqchi.
"Yuventus" direktori Beppe Marotta Alvesni klubdan ketayotganini tasdiqladi va jamoa uning o'rniga nomzod izlayotganini ma'lum qildi. Cadena SER nashrining xabariga ko'ra "Yuventus" allaqachon Danilo bilan transfer haqida suhbatlashib olgan.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli himoyachi Madridda baxtli ekanligini bir necha bor aytib o'tgan edi. Shuningdek, unga Zidan to'liq ishonishini ham aytib o'tgan, ammo Dani Karvaxalning o'rinbosari bo'lib yurish bu transfer amalga oshish ehtimoli borligini paydo etishi ham mumkin.