Yarimhimoyachi Isko qishki transferlar chog'ida "Real"ni tark etishi mumkin.
El Chiringuito xabariga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik jamoadoshlaridan biri bilan suhbati chog'ida yanvarda "Real"ni tark etib, taklif tushadigan bo'lsa "Manchester Siti"ga o'tishni istayotganini aytganyu
Avvalroq Isko jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan ziddiyatga borib qolganligi xabar qilingan edi.
"Eybar"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng futbolchi murabbiyga qo'l berishdan bosh tortgan, bunga uning ro'yxatdan tashqari qolganligi sabab bo'lgan. Bundan tashqari Solari Isko hozir yomon formada deb hisoblamoqda.