Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichi doirasida "Real" ertaga "Melilya" klubiga qarshi bahs olib boradi. Madridliklar bu o'yinda ba'zi futbolchilarning xizmatidan foydalana olishmaydi.
Yarim himoyachi Toni Kroos sog'lig'i bilan bog'liq kichik muammoga duch kelgan. Nemis o'yinchisi va Garet Beyl nafaqat Kubok bahsini, balki chempionat doirasida yakshanba kuni bo'ladigan "Ueska"ga qarshi uchrashuvni ham o'tkazib yuborishi mumkin. Shuningdek, jarohat olgan himoyachi Nacho Fernandes va yarim himoyachi Kazemiro hali mashg'ulotlarga qaytishmadi.
«Real» – «Melilya» o'yini 6 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi. Bu jamoalar o'rtasidagi dastlabki o'yin 4:0 hisobida "Qirollik klubi"ning g'alabasi bilan yakunlangandi.