"Real" klubi darvozaboni Keylor Navas o'zining jamoadagi holatidan qoniqish hosil qilmayapti.
Kosta-rikalik futbolchi avvalgi mavsumlarda jamoaning asosiy darvozaboni sifatida 3 marta Evropa chempionlar ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, ushbu mavsumda u "Qirollik klubi"ning zaxira darvozaboniga aylanib qoldi.
Navas "Real" rahbariyatidan o'zini qishki transfer paytida boshqa jamoaga qo'yib yuborishini so'ramoqchi. Ammo "qaymoqranglilar" Keylorni osonlikcha qo'yib yubormaydi. Boisi, u jamoadan ketsa, Kurtuaga o'rinbosar darvozabon qolmaydi.
Eslatib o'tamiz, Navas 2014 yilda "Real" safiga o'tgandi. Kosta-rikalik posbon ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol o'tkazib yubordi.