Madridning “Real” klubi rahbari “Yuventus”ga o'z futbolchisi xizmatlarini taklif etdi.
Florentino Peres jamoa hujumchisi Garet Beyl uchun argentinalik futbolchi Paulo Dibalani Ispaniyaga ko'chib o'tishini so'ramoqda.
Turinliklar rahbari Andrea Anellining o'zi ham 29 yoshli uelslik futbolchini “Yuve” tarkibiga kelib qo'shilishiga qarshi emas.
Hozircha tomonlar yakuniy muzokaralarga kirishmagan. Bu qaqda AS nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Dibalaning www.transfermarkt.com portalidagi narxi 110 million evroni, Beylning narxi esa 90 million evroni tashkil etadi.