Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko qishgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirishga yaqin kelmoqda.
The Sun nashrining xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchining xizmati “Chelsi”, “Arsenal” va “Tottenxem” klublari jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.
London klublari “Real”da hali xam o'z o'rnini topa olmayotgan futbolchini o'z saflariga qo'shib olmoqchi. Qolaversa, Isko bosh murabbiy Santyago Solari bilan munosabati yaxshi emas.
E'tiborga olish joiz, Iskoning taxminiy narxi 70 mln evroni tashkil qiladi.