«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Libertadores kubogi finalining «River Pleyt» va «Boka Xuniors» jamoalari o'rtasidagi javob o'yiniga tashrif buyuradi. Bu haqida Football Italia xabar tarqatdi.
Uchrashuv 9 dekabr, yakshanba kuni «Real» klubi stadioni — «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi. Shuningdek, «Barselona» etakchisi Lionel Messi ham Madriddagi to'qnashuvga kelishi kutilmoqda.
Manbaga ko'ra, «Real» prezidenti Florentino Peres Ronaldu va Messini prezident lojasida yonma-yon o'tirishini istamoqda. Bu orqali ikki buyuk futbolchi bir-biriga bo'lgan hurmatni namoyish qilgan bo'ladi.
«River Pleyt» – «Boka Xuniors» bahsi 9 dekabrdan 10 dekabrga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi. Dastlabki uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.