"Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich "Oltin to'p" qo'lga kiritganidan so'ng o'z xissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menga yordam bergan barchaga tashakkurimni isxor etaman. Barcha yaqinlarim, xotinim va bolalarimga ham. Yoshiligimda buyuk klubda to'p surishni xohlar edim, lekin "Oltin to'p" haqida xayol ham surmagandim. Aqlbovar qilmas. Bu sovrinni Ronaldu va Messidan keyin yutganim uchun emas. Sovrin uchun kurashda iqtidorli futbolchilar ko'p edi. Agarda bu sovrinni menga munosib ko'rishgan ekan, demak shunga loyiq ish bajargan ekanman.
Menga bunday buyuk futbolchilar orasida turishning o'zi bir baxt. Muvaffaqiyatlar siri? Biror narsa deyish qiyin... Mehnat, qiyin vaziyatlardan chiqib ketish uchun bardosh. O'zing intilgan narsalarga erishish oson emas. Ertami yoki kechmi imkoniyat yuzaga keladi, lekin siz o'sha vaziyatdan foydalanishga tayyor bo'lishingiz kerak", - deydi Luka.
Bobojonov